Siyosat

dayjest

Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi. Shuningdek, u deputatlarga Hukumat a’zosi hisoboti yakunlariga ko‘ra, rahbarni iste’foga chiqarish bo‘yicha prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatdi.


dayjest

Qarindoshlari bilan birga ishlashi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlari ro‘yxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati tasdiqlandi.


dayjest

Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib qayta saylandi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan XDP deputati Nuriddin Ismoilov qayta saylandi.


dayjest

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi

Deputatlar Mavluda Xo‘jayeva va Rahimjon Hakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari etib saylandi.


dayjest

Prezident — avvalgi deputatlar faoliyati va Qonunchilik palatasining yangi tarkibiga takliflari haqida

Prezident o‘tgan chaqiriqdagi deputatlar ishiga baho berdi va parlament a’zolarining yangi tarkibi oldida turgan muammolarni sanab o‘tdi. Ular orasida vazirliklarning samarasiz ishlashi, renovatsiya qonunining qabul qilinishi, majburiy tibbiy sug‘urta, qonunchilikni JSTga muvofiqlashtirish va boshqalar bor.


dayjest

Prezident O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklarga taqiq qo‘yilishi ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi

O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. “O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati” yuritiladi.


dayjest

Budjet mablag‘lari xarajatlari ustidan deputatlar nazorati deyarli sezilmayapti — prezident

Deputatlar davlat budjeti ijrosi hamda budjet xarajatlari ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirishi kerak, dedi O‘zbekiston prezidenti. Shuningdek, u yer, mol-mulk va aylanmadan olinadigan soliqlarning 100 foizini, daromad solig‘ining kamida 50 foizini tuman budjetlarida qoldirish taklifini bildirdi.


dayjest

Ombudsmanga fuqarolar shikoyati asosida tekshiruv o‘tkazish huquqi berilmoqda

Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini tartibga soluvchi qonun imzolandi. Hujjat bilan ombudsmanning huquq va majburiyatlari belgilandi, xususan, u 5 yilga saylanadi va inson huquqlari bo‘yicha qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi. U fuqarolarning shikoyatlari asosida tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.


dayjest

Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda

Prezident “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining istirohat bog‘lari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash bo‘yicha pozitsiyasini ma’qulladi.


Iqtisodiyot

dayjest

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinishi belgilandi. Kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar esa ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 18−24-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy hafta havo harorati me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shu darajadaki, ayrim hududlarda daraxtlar qayta barg ochishi hodisalari ham kuzatilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik ham (hatto qor ko‘rinishida) bo‘ladi. Hafta boshida deyarli butun mamlakat bo‘ylab tuman tushishi kutilyapti.


dayjest

Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 21 yoshli haydovchiga hukm o‘qildi

Urgut tumanida 21 yoshli Cobalt haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan Damas`ga urilgandi. YTH oqibatida haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘lgan. Sud hukmi bilan Cobalt haydovchisi 9 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.


dayjest

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ish haftasi oxiriga kelib ham ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.


dayjest

O‘zbekiston bosh konsulxonasi qarindoshi fohishalikka majburlagan qizning Turkiyadan qaytishiga yordam berdi

Diplomatlar va jamoat tashkilotlari xolavachchasi ish topib berishini aytib, Turkiyaga chaqirgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosining uyiga qaytishiga ko‘maklashdi. Qizni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilishgan. Mahalliy politsiya uyushgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi.


dayjest

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U qachondan qatnaydi?

Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Dizel poyezdi sinov jarayoni yakunlangach, Konstitutsiya kuni arafasida yo‘lovchilarga foydalanishga topshiriladi. Kompaniya 2025−2026-yillarda vagon parki yana 70 ta yangisi bilan to‘ldirilishini qo‘shimcha qildi.


dayjest

Toshkentdagi Askiya dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi

Poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Askiya dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi. Hokimlik loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishini ma’lum qildi.


dayjest

Xorazmda qariyb 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Urganch tumanida 2 mlrd 92 mln so‘mlik gazdan yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib foydalangan novvoyxona aniqlandi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Sport

dayjest

3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun keldik — Jaloliddin Masharipov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jamoa Shimoliy Koreya bilan o‘yinga 3 ochko olish uchun kelganini ta’kidladi. “Kuchli terma jamoa hech qachon ikki o‘yinda ketma-ket yutqazmaydi”, — dedi u. Murabbiy Srechko Katanets ham jamoa ertaga ijobiy natija uchun barcha ishni qilishini aytdi.


dayjest

O‘zbekiston termasiga qarshi alohida strategiyamiz bor — KXDR bosh murabbiyi

Futbol bo‘yicha Shimoliy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Sin Yong Nam O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun alohida strategiyasi borligini ta’kidladi. Uning aytishicha, futbolchilari o‘yinga to‘liq tayyor. Shuningdek, jamoa hujumchisi Xan Kvan Song ham O‘zbekiston terma jamoasi chuqur o‘rganib chiqilganini qayd etdi.


Jahon

dayjest

Bloomberg: Erdog‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatish rejasini tayyorladi

Turkiya prezidenti Braziliyadagi G20 sammitida Rossiya-Ukraina urushini muzlatish bo‘yicha o‘z taklifini taqdim etadi, deb yozdi Bloomberg. Erdog‘anning takliflari orasida Ukrainaning NATOga a’zolik masalasini 10 yilga kechiktirish va bosib olingan hududlar bo‘yicha munozaralarni keyinga qoldirish bor.


dayjest

Odessada Rossiya raketa zarbasi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi jarohatlandi

Rossiya Ukrainaning Odessa shahriga bergan raketa zarbasi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 43 kishi jarohatlandi. Shaharda turar joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi zararlandi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!