Toshkent shahrida yangi chaqiriq Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisida spikerga yangi o‘rinbosarlar saylandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qonunchilikka muvofiq, spikerining o‘rinbosarlari siyosiy partiyalar vakillari kengashining tavsiyasiga asosan quyi palata tomonidan saylanadi. Ularning soni, qoida tariqasida, 2 nafardan oshmasligi kerakligi belgilangan.

Majlisda O‘zLiDePdan saylangan deputat Mavluda Xo‘jayeva Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari etib ko‘rsatildi va ovoz berish yo‘li orqali saylandi. U palataning Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgandi.

мавлуда хўжаеva, раҳимжон ҳакимов, спикер o‘rinbosari, қонунчилик palatasi

Shundan so‘ng, O‘zLiDePdan saylangan deputat Rahimjon Hakimovni spikerning o‘rinbosari etib ko‘rsatildi va ovoz berish yo‘li orqali saylandi. U 2022-yilda prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

мавлуда хўжаеva, раҳимжон ҳакимов, спикер o‘rinbosari, қонунчилик palatasi

Avvalroq O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan XDP deputati Nuriddin Ismoilov qayta saylangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yildan buyon shu paytga qadar Akmal Saidov birinchi o‘rinbosar, Aktam Xaitov, Alisher Qodirov, Narimon Umarov, Boriy Alixonov hamda Ulug‘bek Inoyatov spikerning o‘rinbosarlari sifatida ishlab kelayotgandi.