Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Srechko Katenets va futbolchi Jaloliddin Masharipov 18-noyabr kuni Shimoliy Koreya bilan o‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.

Manba: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiManba: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Srechko Katanets Qatar bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarda tayyorgarlik uchun yetarlicha vaqt bo‘lganini, lekin ular mashg‘ulot o‘tkazgan maydon sifati yaxshi emasligini qayd etib o‘tdi.

“Birinchi uchrashuvdan so‘ng tayyorgarlik uchun yetarlicha vaqt bo‘ldi. Futbolchilarning barchasi tayyorgarlikni davom ettirishdi. Faqatgina maydon masalasida sal muammolar bo‘ldi. Tayyorgarlik uchun ishlatilgan maydon yaxshi emasdi. Shunga qaramasdan bizni ertaga muhim uchrashuv kutib turganini yaxshi bilamiz. Ijobiy natija qayd etish uchun barcha ishni qilamiz”, — dedi u.

жч-2026 саралаши, milliy terma jamoa, ўзбекистон, шимолий корея

Jaloliddin Masharipov ham maydon holati bilan bog‘liq muammolar bo‘lganini ta’kidladi. Shunga qaramay, futbolchi hozir bunga e’tibor qaratish vaqti emasligini qo‘shimcha qildi.

“Keyingi o‘yinga tayyormiz. Aytib o‘tilganidek, mashg‘ulotlar vaqtida maydonda kichik muammolar bo‘ldi. Lekin hozir bu narsaga qaraydigan payt deb o‘ylamaymiz. Qo‘limizdan kelgancha eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib, 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun keldik. Oldimizdagi vazifa faqat shu”, — dedi Masharipov.

жч-2026 саралаши, milliy terma jamoa, ўзбекистон, шимолий корея

Katanets matbuot anjumani davomida Qatardan uchralgan mag‘lubiyatni ham eslab o‘tdi.

“Saralashdagi barcha uchrashuvlarni umuman yo‘qotishlarsiz o‘tkazishning iloji yo‘q. Shu sababli, ertaga maydonga tushadigan futbolchilar o‘zini ko‘rsatadigan vaqt keldi deb o‘ylayman. Ular bu imkoniyatdan yaxshi foydalanishlari talab etiladi”, — dedi u.

Jaloliddin Masharipov esa futbolchilar bilan birinchi o‘yinni tezroq esdan chiqargan holda bu o‘yinga diqqatni qaratish kerakligi haqida gaplashilganini aytdi.

“Men tayyormiz deb o‘ylayman. Chunki biz kuchli terma jamoamiz. Kuchli jamoalar futbolda doim bunday davrlarni boshidan o‘tkazib turadi. Biz kuchli jamoa ekanimizni bilamiz. Futbolchilar bilan birinchi o‘yinni tezroq esdan chiqargan holatda bu o‘yinga diqqatni qaratishimiz kerakligi haqida gaplashdik. Chunki ikkinchi o‘yin ham o‘shani o‘ylagan holatda o‘tib ketishini istamaymiz. Kuchli terma jamoa hech qachon ikkita o‘yinda ketma-ket yutqazmaydi. Xudo xohlasa, biz kuchli terma jamoamiz va buni ertangi o‘yinda ko‘rsatib, muxlislarimizni 3 ochko bilan xursand qilishga harakat qilamiz”, — Jaloliddin Masharipov.

Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni O‘zbekiston so‘nggi soniyalarda Qatarga mag‘lub bo‘lgandi. Parallel o‘yinlarda esa Eron KXDRni (3:2), BAA esa Qirg‘izistonni (3:0) mag‘lub etgandi. Ayni paytda Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasida O‘zbekiston o‘rin olgan guruhda Eron yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

жч-2026 саралаши, milliy terma jamoa, ўзбекистон, шимолий корея

Qatar bilan bo‘lgan uchrashuvida Eldor Shomurodov va Otabek Shukurov jarohat olgandi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokorlar xulosasiga ko‘ra ular Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi.