19-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida yangilangan yettita qo‘mita va bitta komissiya tuzildi. Shuningdek, oltita qo‘mitaga raislar saylandi.
Senatning yangi tarkibiga Xotin-qizlar va gender tengligi qo‘mitasi kiritilmadi, uning o‘rniga Odob-axloq komissiyasi tuzildi.
Quyidagilar qo‘mitalar raislari etib saylandi:
Erkin Gadoyev — Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi.
Abdulxakim Eshmuratov — Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi.
Qutbidin Burxanov — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi.
Baxrom Abdullayev — Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi.
Orzigul Qozixonova — Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi.
Anvar Tuychiyev — Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya qo‘mitasi.
Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Tanzila Narboyeva Senat raisi etib qayta saylangan edi. Uning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, o‘rinbosari Amanbay Orinbayev hisoblanadi.