Siyosat
O‘zbekiston hukumati iste’foga chiqdi
19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Amaldagi hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Tanzila Narbayeva Senat raisi etib qayta saylandi
Prezident taklifiga binoan Tanzila Narbayeva uchinchi bor Oliy Majlis Senati raisi etib saylandi. Sodiq Safoyev esa uning birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev o‘rinbosari bo‘ldi.
“Xalq bizga ishondimi, mana shu ishonchni oqlaylik”. Prezident — yangi deputatlarga
O‘zbekiston prezidenti Qonunchilik palatasi deputatlarining yangi tarkibi oldida chiqish qilib, parlamentda muhokama va muxolifat bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu buyuk xalq bizga ishondimi, mana shu ishonchni oqlaylik, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Senatda mansabdor shaxslarning hisobotlari chuqur tahlillar o‘tkazmasdan ko‘rib chiqilyapti — prezident
Shavkat Mirziyoyev Senatda yuqori martabali mansabdor shaxslarning hisobotlari ko‘p hollarda chuqur tahlillar o‘tkazmasdan ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Senat oldida qanday dolzarb vazifalar turgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“O‘zbekiston xalqining 30 yillik orzusi”. Prezident — kengashlarga hokimlar raisligi taqiqlangani haqida
Prezident hokim va kengash raislari vakolatlarining taqsimlanishini xalqning 30 yillik orzusini o‘zida mujassam etgan siyosiy islohot, deb atadi. Shuningdek, hokimlarning yanada ko‘proq vakolatlarini kengashga o‘tkazish, tuman va shaharlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Prezident yangilangan Senat uchun sakkizta ustuvor vazifani e’lon qildi
Prezident Senatning avvalgi tarkibi xizmatini yuqori baholadi, shuningdek, yangi tarkib oldida turgan sakkizta dolzarb vazifani sanadi. Kengashlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb qilish, ijro organlari faoliyati ustidan nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazorati shular jumlasidandir.
Iqtisodiyot
Mulohaza: O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasaymoqda. Lekin bu chuqur demografik muammodan dalolat emas
O‘zbekistonda tug‘ilish darajasining pasayishi butun dunyoda kuzatiladigan tendensiyaning aksini ko‘rsatmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Mirkomil Xolboyev keng muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur mavzuni tahlil qilib, bu borada ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga javob berishga harakat qildi.
Bank kreditlari tavakkalchiligiga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirildi
Markaziy bank qarz oluvchilar va bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi.
TBC Uzbekistan o‘z protsessing markazini ishga tushirishini ma’lum qildi
TBC Uzbekistan asosiy infratuzilmaga sarmoya kiritayotgani va o‘z protsessing markazini ishga tushirayotganini ma’lum qildi. Kompaniya ekotizim ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan protsessing markazi yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishni tezlashtirishi va o‘zgarishlarga moslashuvchanlikni oshirishini kutmoqda.
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 250 million dollar kredit ajratdi. Mablag‘ transport va energetika kabi tarmoqlarda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish, suv resurslari va qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Jamiyat
Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Nimalar o‘zgaradi?
Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunda zo‘ravonlik turlari aniq belgilab berildi. Hujjat jabrlanuvchi bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash hamda maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish choralarini ko‘zda tutadi. Batafsil “Gazeta.uz” sharhida.
Andijondagi Bobur haykali o‘rnida biznes markazi qurilishi reja qilinmoqda. Munosabatlar
Andijondagi Bobur haykali joylashgan maydon o‘rnida biznes markazi qurilishi, haykal eski shahar hududiga ko‘chirilishi reja qilinmoqda. Hokimlik buni ko‘prik qurilishi sababli maydon yopiq ko‘rinishga kelib qolishi bilan izohladi. Loyiha ilmiy kengash vakillari hamda boburshunoslar bilan kelishilgan. Munosabatlar.
Toshkentda 3 kishini Angliyaga ishlashga yuborish uchun 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura departamenti Toshkent shahrida uch kishini Angliyaga ishga yuborishini aytib, 12 ming dollar olayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi
Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili 171-sonli avtobus bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida mashinada bo‘lgan yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan, avtobusda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchiga jarohat yetmagan.
Narzullo Oblomuradov agrar universitetga rektor bo‘ldi
Shu vaqtgacha Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori bo‘lib ishlagan Narzullo Oblomuradov mazkur oliygohga rektor bo‘ldi.
AQShda o‘zbekistonlik talabalar soni 1200 nafardan oshdi
2023−2024 o‘quv yilida AQSh oliygohlarida o‘zbekistonlik talabalar soni qariyb 12 foizga oshib, 1219 nafarga yetdi. Xalqaro ta’lim instituti hisobotida aytilishicha, ularning yarmidan ko‘pi bakalavriat talabalari hisoblanadi.
“Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payyapti” — Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari
O‘zbekistonda yoshlarning narkomaniyaga ruju qo‘yishi bo‘yicha eng ko‘p holat Toshkent shahrida qayd etilmoqda. Poytaxtda, shuningdek, o‘quvchilar orasida sintetik narkotiklar iste’moli qilish holatlari ham ko‘payib boryapti. “Buni inkor qilib bo‘lmaydi”, — dedi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova.
Qoraqalpog‘iston va Buxoroda imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchilariga jinoyat ishi ochildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi.
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
Yashnobod tumanida joylashgan MCHJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning oqibatida 7 mlrd 528 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
O‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron, robototexnika va kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar o‘tkaziladi
O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi. Har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bobur haykalini ko‘chirish uchun ilmiy-ekspert kengashi xulosasini olish zarur — Madaniy meros agentligi
Madaniy meros agentligi tegishli tashkilotlar hududiy boshqarmasiga Andijondagi Bobur haykalini shaharning boshqa qismiga ko‘chirish yuzasidan murojaat qilganini bildirdi. Agentlikning ta’kidlashicha, ularga bu kabi masalalar bo‘yicha ilmiy-ekspert kengashi xulosasini olish zarurligi tushuntirilgan.
“Toshkent-Boysun” avtoyo‘li qurilishi buyurtmasini olishda yordam berish uchun $50 ming talab qilgan shaxs ushlandi
DXX “Toshkent-Boysun” avtomobil yo‘li qurilishi bo‘yicha shartnomani olib berishda yordam berish uchun 50 ming dollar talab qilgan kompaniya rahbarini qo‘lga oldi. Qiymati 500 ming dollar bo‘lgan tenderda dastlab xorijiy kompaniya g‘olib chiqqan.
Sport
JCH-2026 saralashi: KXDR — O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida KXDRga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Terma jamoa 2015-yildan buyon Shimoliy Koreyaga yutqazmagan va bo‘lajak uchrashuvda ham uch ochko olish niyatida. KXDR bosh murabbiyi esa jamoasining O‘zbekistonga qarshi “maxsus strategiyasi” borligini ta’kidladi.
JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston yana KXDRni mag‘lub etdi (video)
O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashining oltinchi turida KXDR ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol Abbosbek Fayzullayev tomonidan kiritilgan bo‘lsa, darvozabon O‘tkir Yusupov yana penalti qaytardi (video, foto, statistika).
Jahon
Tramp AQShdagi ommaviy deportatsiyalarda harbiylardan foydalanmoqchi
Donald Tramp AQShda favqulodda holat joriy etish va migratsiyaga qarshi kurashish uchun harbiylardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. U “deportatsiya qilishda eng yirik operatsiyani o‘tkazish uchun federal va shtat darajasidagi barcha vakolatlardan foydalanmoqchi” ekani aytiladi.
“Hizbulloh” Tel-Avivga raketa uchirdi, Isroil Livan poytaxtiga zarba berdi
“Hizbulloh"ning Isroil poytaxti Tel-Avivga yo‘llagan raketa zarbasi oqibatida besh kishi jarohatlandi. Shfaram shahrida uch qavatli turar joy binosiga raketa tushib, 41 yoshli ayol halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. O‘z navbatida, Isroilning Livan poytaxtiga bergan zarbalari tufayli 5 kishi halok bo‘ldi.
Dehlini zaharli smog qopladi, havo ifloslanishi rekord darajaga yetdi
Hindiston poytaxti Dehlida havoning ifloslanishi yuqori darajaga yetdi, shaharni zaharli smog qopladi. Zararli moddalar konsentratsiyasi JSST tavsiyalaridan 50 baravar oshdi. Megapolisda maktablar va qurilish maydonlari yopildi, yuk mashinalarining kirishi taqiqlandi va aholi ko‘chaga kamroq chiqishga chaqirildi.
Abxaziya prezidenti muxolifat bosimi ostida iste’foga chiqdi
Rossiya bilan investitsiya bitimiga qarshi namoyishlardan so‘ng Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya “barqarorlik va konstitutsiyaviy tartibni saqlash maqsadida” iste’foga chiqdi. Shuningdek, hukumat rahbari ham lavozimidan ketadi. Endi prezident vazifasini vitse-prezident Badra Gunba bajarib turadi.
Zelenskiy Ukraina uchun “matonat rejasi"ning mohiyatini tushuntirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushning 1000-kunida mamlakat uchun “matonat rejasi"ni taqdim etdi. U front, qurol-yarog‘, energetika, inson kapitali va madaniyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan 10 banddan iborat.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!