Toshkent shahri Uchtepa tumanida Angliya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Bosh prokuratura departamenti DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda fuqaro S.U. 3 kishini tanishlari yordamida Angliyaga ishga yuborish va viza olib berishni va’da qilgani aniqlangan.

U xizmati evaziga 12 000 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.