Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish masalasi ko‘rilmoqda, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Yig‘ilishda davlat rahbari “Yangi O‘zbekiston yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘yayotganini, bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab bo‘lmasligini qayd etdi.
U shu bois ukumat o‘z faoliyatini mutlaqo yangicha asosda tashkil etishi kerakligini, buning uchun unga kuchli rahbar, ya’ni, bosh vazir zarurligini ta’kidladi.
Prezident bu masalani atroflicha o‘ylab, bosh vazir lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qilganini aytdi.
“Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mirziyoyev ushbu nomzod bugun hukumat oldiga qo‘yilgan, ko‘lami va miqyosi benihoya katta bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil qilishi, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlashtirib, yagona maqsad sari safarbar eta olishiga ishonch bildirdi.
Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etildi.
Abdulla Aripov (1961-yilda tug‘ilgan) 2016-yil dekabr oyida O‘zbekiston hukumatiga rahbar bo‘lgan edi. 10 yildan ortiq muddat — 2002-yil maydan 2012-yil avgustgacha bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bunga parallel ravishda 2005−2009-yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.
2016-yilning sentabr oyida mamlakatga yangi prezident saylanganidan keyin Abdulla Aripov hukumatga bosh vazir o‘rinbosari va Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari sifatida qaytdi.
2019−2020-yillardagi deputatlik saylovlaridan so‘ng Aripov yana bosh vazir etib tasdiqlangan.