Siyosat
O‘zbekistonda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Majlisda yig‘ilganlar bu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.
Abdulla Aripov yana O‘zbekiston bosh vaziri bo‘ldi
Qonunchilik palatasida deputatlar Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi.
“Bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz yetadi”. Prezident hukumatning besh yillik vazifalarini belgilab berdi
Prezident avvalgi hukumat ishiga baho berib, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Ular orasida 2030-yilgacha YAIMni 160 mlrd dollarga yetkazish, inflyatsiyani 5−6 foizda ushlab turish, 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazish va boshqalar bor.
Prezident bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi. “U katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar”, — dedi prezident.
“Yangi O‘zbekiston parlamenti me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”. Akmal Saidov — prezident haqida
Deputat Akmal Saidov Qonunchilik palatasining yangi tarkibidagi birinchi majlisida Shavkat Mirziyoyevni Yangi O‘zbekiston parlamenti me’mori, deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning butun faoliyati davomida parlament har doim uning diqqat markazida turadi.
Prezident Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirishga e’tibor kuchaytirilishini ta’kidladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar va ma’naviy salohiyatini oshirishga e’tibor yanada kuchaytirilishini aytdi. U xalqning tinch va erkin hayotini asrash eng muhim vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.
O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston va Tojikiston chegarasini ID karta orqali kesib o‘tish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi.
“Parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabat konstruktiv muloqotga asoslanishi zarur” — prezident
Prezident vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlariga parlament quyi palatasi qo‘mitalari bilan hamkorlik qilish mas’uliyatini yuklashni taklif qildi. Shuningdek, u parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilikka emas, balki konstruktiv muloqotga asoslanishi zarurligini eslatdi.
“Har bir qonunda xalqqa hurmat namoyon bo‘lishi kerak” — prezident
Prezident qonunosti hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda har doim ham qonun talablariga rioya etilmayotganidan noroziligini bildirdi. 2018-yilda barcha hujjatlar loyihalarini majburiy jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish talabi kiritilgandi, ammo 2022-yil mart oyida bu talab o‘zgartirilgan.
Iqtisodiyot
“Kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi” — prezident 2030-yilgacha YAIMni 200 mlrd dollarga yetkazish haqida
Prezident 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 200 mlrd dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirdi va 160 mlrd dollarlik maqsad qo‘yilganda ayrimlar bunga shubha bilan qaraganini aytdi. “Yana bir bor aytaman, bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!”, — dedi u.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida rekonstruksiya ishlari boshlandi
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini kengaytirish ishlari boshlandi. Bino old fasadi oldinga suriladi, natijada terminal maydoni deyarli ikki baravarga kengayadi. Ushbu bosqichda yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratish rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
“Zapravkalar” va ulardagi narxlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushdi
Avtomobilga benzin, metan va propan quyish, elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari haqida ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushirildi. U orqali haydovchilar qayerda yoqilg‘i quyishni tanlashi, narxlarni solishtirishi, “zapravka"lardagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardor bo‘lishi mumkin.
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz vafot etdi
Farg‘onaning Dang‘ara tumanida Lacetti va Damas ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Damas salonida ketayotgan qiz vafot etgan. Haydovchi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Namanganda ikki bor unashtiruvi bekor bo‘lgan qizini o‘ldirib qo‘ygan ota 10 yilga qamaldi
To‘raqo‘rg‘onda 22 yoshli qiz ikkinchi bor unashtiruvni bekor qilib, turmushga chiqishni rad qildi. Bundan g‘azablangan ota so‘roq qilish davomida qizini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Sud otani 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 4 va 13 yoshli qizlar halok bo‘ldi
Baxmal tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Cobalt piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan 4 va 13 yoshli qizlarni urib yubordi, so‘ngra qochib ketdi. Oqibatda opa-singillar voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi ushlanib, vaqtincha hibsxonaga joylashtirildi.
Toshkent metrosida hojatxona quriladigan 9 ta bekat nomi ma’lum qilindi
Avvalroq Toshkent metropolitenining 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi haqida xabar berilgandi. Metropoliten ushbu 9 ta bekat nomlarini ma’lum qildi. Ularning 4 tasida qurilish ishlari boshlandi.
Ijtimoiy ahvoli og‘ir mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash uchun 2 trln so‘m yo‘naltiriladi
Ijtimoiy ahvoli og‘ir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga 2 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga $100 mln yo‘naltiriladi
Prezident O‘zbekistonda tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 mln dollar yo‘naltirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, hukumat 884 ming nafar bemorni uy sharoitida reabilitatsiya bilan qamrab olish bo‘yicha yangi tizimni joriy etadi.
Toshkentda GES yaqinidagi suvdan bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 11-noyabr kuni g‘oyib bo‘lgan 24 yoshli yigitning jasadi topildi. Uning jasadi 12-noyabrda Anhor kanalida erkak cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushganidan so‘ng, 4-GES yaqinidagi suvdan aniqlandi.
Sirdaryoda 5 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan sex aniqlandi
Sirdaryoning Yangiyer tumanida ishlab chiqarish sexi mas’ullari tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sport
“90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin” — Srechko Katanets
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets KXDRga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida jamoa faqat bir taym yaxshi o‘ynayotgani haqidagi savolga javob berdi. “90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo‘lsa kerak”, — dedi u. Shuningdek, murabbiy maydon sifatini tanqid qildi.
Jahon
Varshava 10 yil ichida YTHdan o‘limlarni ikki baravarga qisqartirdi. Qanday qilib?
So‘nggi o‘n yil ichida Polsha poytaxti Varshava yo‘l-transport hodisalaridan o‘limni ikki baravar qisqartirishga erishdi. U bir vaqtlar haydovchilar va piyodalar uchun eng xavfli shaharlardan biri edi. “Gazeta.uz” bunga qanday erishish mumkinligi haqidagi Bloomberg materialini qayta hikoya qiladi.
AQSh, Ispaniya, Italiya va Gretsiyaning Kiyevdagi elchixonalari “ehtimoliy havo hujumi” tufayli yopildi
AQShning Kiyevdagi elchixonasi “ehtimoliy havo hujumi” haqida ma’lumot olgach, ishini vaqtincha to‘xtatdi. Kiyevdagi Ispaniya, Italiya va Gretsiya elchixonalari ham “havo hujumlari xavfi yuqoriligi” sababli yopildi. Aytilishicha, bu Rossiyaning dron va raketa zarbalari tahdidi bilan bog‘liq.
AQSh Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar jo‘natishni ma’qulladi
AQShda Donetsk viloyatida rus qo‘shinlarining oldinga siljishini to‘xtatish va Kiyev mudofaasini mustahkamlash uchun Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berishga ruxsat berildi.
Nyu Yorkda 22 yil ichida ilk bor qurg‘oqchilik haqida ogohlantirish e’lon qilindi
AQShning Nyu York shahrida 22 yil ichida birinchi marta qurg‘oqchilik haqida ogohlantirish e’lon qilindi, shahar hukumati aholi va korxonalarni suvni ko‘ngilli ravishda tejashga chaqirdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!