Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Tashkilotning hududiy bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Y.Z. MCHJ mas’ul shaxslari ushlangan. Aniqlanishicha, ular ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.