Siyosat

dayjest

O‘zbekiston hukumati a’zoligiga nomzodlar ma’qullandi va tayinlandi. Barcha vazirlar o‘z joyida qoldi

Qonunchilik palatasi deputatlari hukumat a’zoligiga 24 nafar nomzodlarni ma’qulladi (to‘liq ro‘yxat). Prezident Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.


dayjest

Prezident 2025-yil nega “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot” yili deb nomlanganiga izoh berdi

Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb nomlanishiga izoh berdi. “Yilni shunga bag‘ishlab, qonunlarni charxlab, ishlarni saranjom qilib olamiz. Har bir qaror, farmonni yashillikka olib borsak, yaxshi bo‘ladi”, dedi u.


dayjest

O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov mamlakatning Kubadagi birinchi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Davlatlar diplomatik munosabatlarni 2006-yilda o‘rnatgan.


dayjest

“O‘zbekiston shu darajaga kelishida sizning beqiyos xizmatingiz bor”. Alisher Qodirov — prezident haqida

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekiston shu darajaga kelishida Shavkat Mirziyoyevning beqiyos o‘rni borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident siyosiy irodasi bilan O‘zbekiston dunyo miqyosida ishonchli hamkor sifatida tanilgan.


dayjest

“Bizning ikki tayanch ustunimiz bor: iqtisodiyot va ma’naviyat” — prezident

Prezident yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. “Bizning ikkita o‘q tomirimiz, tayanch ustunimiz bor: iqtisodiyot va ma’naviyat. Ma’naviy buyuk xalq — iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi”, — dedi u. Mirziyoyev so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi ishlar davom etishini ham aytdi.


Iqtisodiyot

dayjest

UzAuto Motors 22-noyabrda Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi

UzAuto Motors 22-noyabr kuni soat 10:00 da Cobalt Style va Midnight modifikatsiyalari uchun onlayn shartnoma ochilishini e’lon qildi.


dayjest

Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi

Davaktiv International mehmonxonasi xususiylashtirilganini ma’lum qildi. Uni 26 mln dollar evaziga Smart Fast Stroy qurilish kompaniyasi sotib oldi.


dayjest

Prezident Samarqand viloyatini iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalar bilan tanishdi. 2025-yilda 1,8 mlrd dollar investitsiya jalb qilish orqali 20 ming ish o‘rni yaratish, zaxiradagi yerlarda sanoat zonalari tashkil etish, yaylovlarni turistik hududga aylantirish — shular jumlasidan.


dayjest

Lotte City Hotel Tashkent mehmonxonasi 20 mln dollarga xususiylashtirildi

Toshkentdagi Lotte mehmonxonasining davlat ulushi 20 mln dollarga sotildi, deb xabar qildi Davaktiv. Uning xaridori Alfa Invest sug‘urta kompaniyasi bo‘ldi.


dayjest

Oktabr oyida O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin eksport qildi

O‘zbekiston oktabr oyida 833,4 million dollarlik oltin sotdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi $6,6 mlrddan oshdi. 10 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $54,36 milliardni tashkil etdi.


dayjest

2025-yilda ilk bor Toshkentda M360 Yevroosiyo sammiti o‘tkaziladi

M360 Yevroosiyo sammiti ilk bor 2025-yilning 20−21-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga bag‘ishlangan yirik mintaqaviy tadbirlardan biridir. Hamkorlar Raqamli texnologiyalar vazirligi va Beeline Uzbekistan bo‘ladi.


Jamiyat

dayjest

Qimmat sotilgan dorilar sababli iste’molchilarga 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi

Raqobat qo‘mitasi mamlakatdagi 878 ta dorixonada dori vositalarining narxi oshirilganini aniqladi. Joriy yilda 100 mingdan ortiq holatda xaridorlardan 7 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ asossiz olingan.


dayjest

O‘zbekistonda gaz nazorati va to‘lovi uchun ilova ishga tushirildi

“Hududgazta'minot” kompaniyasi gaz hisobi va to‘lovi uchun Hudud Gaz Ta’minot ilovasini taqdim etdi. Xizmat yordamida foydalanuvchilar gaz sarfini kuzatish, hisobni to‘ldirish va tabiiy va suyultirilgan gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ilova test rejimida ishlaydi.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi internetda og‘ir kasalliklarni samarali davolaydi deya targ‘ib qilinadigan biologik faol qo‘shimchalar, malham, damlama, suv reklamalarining noto‘g‘ri talqinidan ogohlantirdi. Tashkilot reklamaga ishonib olgan mahsulotining foydasini sezmagan fuqarolardan murojaatlar tushayotganini ham eslatdi.


dayjest

Toshkent viloyatida 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi issiqxona egasi uch yil davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 14 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazdi.


dayjest

AQSh O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi

AQSh O‘zbekiston O‘simliklarni himoya qilish va karantini agentligiga 205 ming dollarlik laboratoriya jihozlarini topshirdi. Ular o‘simliklarning salomatligini tahlil qilish va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.


Jahon

dayjest

Rossiya Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan zarba berdi

Rossiya Ukrainaning Dnepr shahriga turli xil raketalar, jumladan, qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi. Agar ma’lumot tasdiqlansa, bu Rossiyaning urush davomida bunday turdagi raketalardan birinchi marta foydalanishi bo‘ladi.


dayjest

AQSh Ukrainaning 4,65 mlrd dollarlik qarzidan kechmoqchi

Bayden ma’muriyati Ukrainaning 4,65 mlrd dollarlik qarzini hisobdan chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu Tramp lavozimga kirishgunga qadar “Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan qadamlarning oxirgisi” bo‘ladi, deb yozdi Bloomberg. Reja respublikachilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.


dayjest

Gaaga sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi

Gaagadagi xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish uchun order berdi. Ular G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar sodir qilishda ayblanmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!