Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqilib, ma’qullagandi. Bu haqda parlament quyi palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, 24 nafar nomzoddan iborat ro‘yxatni prezident taqdim etdi (ilgari nomzodlar bosh vazir tomonidan kiritilgan).

Nomzodlar avval parlament quyi palatasining mas’ul qo‘mitalarida, keyin esa beshta siyosiy partiya fraksiyalarida dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Majlisda har bir nomzod o‘z harakatlar rejasini taqdim etdi. Ushbu va Qonunchilik palatasi hamda Senatdagi oldingi tadbirlar hech qayerda namoyish etilmagani sababli, deputatlar qanday savollar bergani va vazirlar ularga qanday javob bergani noma’lumligicha qolmoqda.

Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, deputatlar “davlat rahbarining bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlisdagi nutqida belgilangan dolzarb vazifalarni bajarishda hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishi muhimligini” ta’kidlashdi.

Biroz vaqt o‘tgach, O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati quyi palata tomonidan ma’qullangan vazirlarni lavozimlarga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni e’lon qildi. Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning amaldagi tarkibi o‘zgarishsiz qoldi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tarkibi

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Jumaniyazovich Ramatov (1962-yilda tug‘ilgan)

2016-yil dekabrda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. 2002-yildan 2019-yil fevralgacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. Senator bo‘lgan. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni sohibi (birinchi prezident Islom Karimovning 2013-yil avgustdagi farmoni bilan berilgan). 2022-yildagi ma’muriy islohotdan so‘ng bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallagan.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Djamshid Anvarovich Kuchkarov (1964-yilda tug‘ilgan)

Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (1985) va Kolorado shtati iqtisodiyot institutini (1996) tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Markaziy bank raisining o‘rinbosari (1996−1997), moliya vaziri o‘rinbosari — Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i (1997−2005), moliya vaziri o‘rinbosari (2005−2016), moliya vazirining birinchi o‘rinbosari (2017-yilgacha), keyin bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri (2017−2020) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020-yil fevraldan Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi) bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qilgan, keyinchalik faqat bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qolgan. Avgust oyidan buyon bir vaqtning o‘zida iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimini egallab kelmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Abduxakimovich Xodjayev (1979-yilda tug‘ilgan)

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2000) va Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini (2003) tamomlagan. 2000-yildan buyon bank tizimida ishlagan, O‘zbekiston Markaziy banki tuzilmasidagi 14 yillik faoliyatining 8 yilini rahbarlik lavozimida o‘tkazgan.

2017-yilda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari sifatida g‘aznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihalarni moliyalashtirish va boshqa departamentlarga rahbarlik qilgan.

2017-yil avgustda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — Davlat b yudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimini egallagan.

2017-yil noyabrda tashqi savdo vaziri etib tasdiqlangan, 2019-yil yanvarda esa qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangan.

2022-yil iyuldan bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini egallab kelgan. 2022-yil dekabrda esa bu vazirlik lavozimini Laziz Qudratov egallagan.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova (1968-yilda tug‘ilgan)

Namangan davlat pedagogika instituti hamda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi — pedagog.

2020-yil 4-martdan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlagan. Avvalroq O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-yil dekabrda bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlanishiga qadar Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Shavkatovich Qudratov (1981-yilda tug‘ilgan)

Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Yaponiyaning Xosey universitetini tamomlagan. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida (2003−2010), O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi (2010−2014), “O‘zinfoinvest” agentligining axborot ta’minoti va xorijiy investitsiyalarga ko‘maklashish bo‘yicha direktori (2014−2016), shuningdek, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari (2017−2019) lavozimlarida ishlagan.

2022-yil dekabrdan buyon investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Farhodovich Islomov (1984-yilda tug‘ilgan)

Toshkent davlat texnika universitetini rudali va norudali foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruvi bo‘yicha magistrlik darajasi bilan tamomlagan. 2002−2008-yillarda “Apartak” konchilik korxonasida texnik, texnik-geolog bo‘lib ishlagan. 2008−2010-yillarda “Qimmatbaho va rangli metallar geologiyasi” ilmiy-amaliy markazida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2010−2015-yillarda “Davlat geologiya axborot markazi” korxonasi direktori, 2015−2016-yillarda Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, 2017−2022-yillarda Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2022-yil aprel-dekabr oralig‘ida bosh vazirning ishlab chiqarish, energetika, sanoat va bazaviy ta’minot masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. 2022-yil dekabrdan buyon esa kon-geologiya sanoati vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Saidjanovich Xidoyatov (1980-yilda tug‘ilgan)

Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan. 1998-yildan 2009-yilgacha O‘zbekiston Oliy xo‘jalik sudida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2009-yildan 2018-yilgacha “Green line profill”, “Nordlink Aliminium Bulding Matirials”, “Neo sun LightI”, “Dream Production”, “Artel Engineering”, “Durabel Beton”, Toshkent transformator zavodi kabi kompaniyalarda turli lavozimlarda ishlagan. 2008-yildan Akfa Holding`da qurilish bo‘yicha direktor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashkent City xalqaro biznes markazini qurish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

2019−2021-yillarda Qurilish vaziri o‘rinbosari, 2021−2022-yillarda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, 2022−2024-yillarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, 2024-yil iyul oyida esa vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Erkinovich Zohidov (1982-yilda tug‘ilgan)

2003-yilda Toshkent moliya institutini, 2008-yilda Bank-moliya akademiyasini tugatgan. Bank sohasida 20 yillik tajribaga ega.

2020-yildan Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari, 2022-yil sentabridan Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi, joriy yil sentabridan esa Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vaziri lavozimlarida ishlagan.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipov (1963-yilda tug‘ilgan)

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan.

2009-yil iyuldan 2010-yil sentabrgacha Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori, keyin 2010-yil oktabr oyidan Toshkentdagi Turin politexnika universitetining moliya va iqtisod bo‘yicha birinchi prorektori lavozimlarida ishlagan. 2017-yil avgustidan 2019-yilgacha yana Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga rahbarlik qilgan.

2019-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019−2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

2024-yil fevral oyidan boshlab Oliy ta’lim vazirligiga rahbarlik qilmoqda.

Batafsil tarjimai hol

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola O‘ktamovna Umarova (1988-yilda tug‘ilgan)

Germaniyaning Veymar shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugatgan.

2019-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bosh menejeri, 2019−2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori, 2020−2022-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimlarida ishlagan.

2022-yil dekabr oyidan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimini egallab kelmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov (1974-yilda tug‘ilgan)

U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Yaponiyaning “Xitotsubashi” universitetini tamomlagan.

2010−2012-yillarda Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi, 2012−2014-yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, 2014−2017-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017−2018-yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, 2018−2022-yillarda Bosh vazir o‘rinbosari, Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari, 2020−2021-yillarda Bosh vazir o‘rinbosari — Davlat turizm qo‘mitasi raisi, 2021−2022-yillarda Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm va sport vaziri (keyinchalik — turizm va madaniy meros vaziri) lavozimlarida ishlagan.

2023-yildan boshlab Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimini egallab kelmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Sport vaziri Adham Ilhomovich Ikromov (1968-yilda tug‘ilgan)

1997-yildan buyon turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, vazirning birinchi o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vaziri (2009−2012), bosh vazir o‘rinbosari (2012−2017), prezidentning davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari va ayni paytda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2017−2022-yillarda Savdo-sanoat palatasiga rahbarlik qilgan, 2022-yil dekabridan boshlab esa Sport vazirligini boshqarmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov (1975-yilda tug‘ilgan)

Toshkent davlat universiteti va AQShning Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.

Ilmiy faoliyatini 1997-yilda O‘simliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy xodimi, aspiranti sifatida boshlagan. 2002−2012-yillarda Fanlar akademiyasi O‘simliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti Genom texnologiyalari markazi laboratoriyasida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, loyiha rahbari lavozimlarida ishlagan. 2012-yildan 2017-yilgacha Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi direktori, so‘ngra 2017-yildan Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti vazifasini bajargan.

2017-yil noyabrda yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligiga, 2022-yil dekabrda qayta tashkil etilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga rahbarlik qilgan, 2023-yil oktabr oyidan boshlab qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Rahimovich Xamrayev (1964-yilda tug‘ilgan)

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

2005-yildan 2017-yilgacha Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2017-yildan 2018-yilgacha Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2018-yildan buyon suv xo‘jaligi vaziri lavozimini egallab kelmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov (1977-yilda tug‘ilgan)

Toshkent davlat texnika universiteti (1998) va AQShning Yel universiteti (2000) bitiruvchisi.

2012−2014-yillarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) raisining o‘rinbosari bo‘lgan. 2014−2016-yillarda Toshkentdagi Inha universiteti rektori, 2016−2017-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, 2017−2018-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini boshqargan.

2018-yilda bir necha oy innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, 2018−2021-yillarda xalq ta’limi vaziri lavozimlarida ishlagan.

2021-yil noyabr oyidan boshlab Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda, keyinchalik bu vazirlik Raqamli texnologiyalar vazirligiga aylantirildi.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Adliya vaziri Akbar Djurabayevich Tashkulov (1971-yilda tug‘ilgan)

Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — yurist, birinchi darajali adliya maslahatchisi.

U 2017-yildan 2021-yilgacha adliya vaziri o‘rinbosari, undan oldin esa Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2015-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

2021−2022-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori bo‘lgan. 2022-yil 15-noyabrdan beri Adliya vazirligiga rahbarlik qilmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Transport vaziri Ilxam Rustamovich Maxkamov (1979-yilda tug‘ilgan)

Toshkent avtomobil yo‘llar instituti muhandis-iqtisodchi va marketing yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari bo‘yicha ta’lim olgan.

Mahkamov mehnat faoliyatini Toshkent shahar hokimligi binolardan foydalanish departamenti hisob bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimidan boshlab, keyinchalik shu bo‘lim boshlig‘i sifatida davom ettirgan. Keyingi yillarda “Suvsoz” davlat unitar korxonasida bosh texnolog o‘rinbosaridan boshqaruvchigacha bo‘lgan bir qator rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi bosh direktori, “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori, Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019-yildan Transport vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan, 2020-yil oktabr oyidan boshlab Transport vazirligiga rahbarlik qilmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Madaniyat vaziri Ozodbek Axmadovich Nazarbekov (1974-yilda tug‘ilgan)

O‘zbekiston davlat san’at institutini tugatgan.

2002-yildan 2008-yilgacha “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi solisti bo‘lib ishlagan. U marhum qo‘shiqchi Muhriddin Xoliqovning eng taniqli shogirdlaridan biri hisoblanadi.

2008-yildan 2017-yilgacha Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli ijrochisi bo‘lgan. 2017-yil iyul-avgust oylarida “Yoshlar” telekanali direktori lavozimida ishlagan.

2017−2020-yillarda madaniyat vazirining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020-yil 22-yanvardan beri O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Mudofaa vaziri Baxodir Nizamovich Kurbanov (1969-yilda tug‘ilgan)

1987-yildan 1989-yilgacha muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. 1990-yilda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Oliy tergov maktabiga, 1992-yilda esa O‘zbekiston IIV Oliy maktabiga o‘qishga kirgan.

2002−2005-yillarda Jizzax tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2005-yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tgan. 2008-yilda O‘zbekiston IIV Patrul-post xizmati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan. O‘sha yili Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

2013-yil 24-dekabrdan 2015-yil 27-dekabrgacha O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2015-yilda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. 2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoniga sazovor bo‘lgan.

2018−2019-yillarda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlagan. U 2019-yil 11-fevraldan beri O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. 2021-yil yanvar oyida unga general-leytenant unvoni berilgan.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Energetika vaziri Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov (1979-yilda tug‘ilgan)

2001-yilda “Umid” fondi yo‘llanmasi bo‘yicha AQShning Alabama universitetini, 2005-yilda esa Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.

Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida ishlagan. U “O‘zkimyosanoat” boshqaruvi raisi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari, energetika vazirining birinchi o‘rinbosari va “O‘zatom” agentligi bosh direktori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan (2018−2022).

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” kompaniyasiga rahbarlik qilgan. 2022-yil sentabr oyidan Bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri, o‘sha yilning dekabr oyidan boshlab Energetika vazirligi rahbari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Anvarovich Xudayorov

U avval Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori va sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Prezident Administratsiyasi qoshidagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2023−2024-yillarda Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti mudirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, keyinchalik avval sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan, yanvar oyidan esa sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Odilovich Saidov (1981-yilda tug‘ilgan)

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriatura va magistratura bosqichlarini tamomlagan.

U, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ham ishlagan. 2017-yil iyulidan O‘zbekistonning Xitoyda elchisi sifatida xizmat qilgan (2018-yil aprelida bir vaqtning o‘zida Mo‘g‘ulistonda, 2019-yil iyulida esa Filippinda ham elchi etib tayinlangan).

2021-yil noyabridan Xalq ta’limi vaziri, 2022-yil dekabridan Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi, 2023-yil aprelida esa Tashqi ishlar vazirligi rahbari etib tasdiqlangan.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Razzaqovich Bobojonov (1961-yilda tug‘ilgan)

2000−2005-yillarda O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari, 2005−2006-yillarda Bosh prokuraturaning Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, 2006−2011-yillarda Jizzax viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan.

2011-yilda qisqa muddat Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, undan oldin esa shu viloyat prokurori lavozimlarida ishlagach, 2012−2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

2017-yil 4-sentabrdan buyon Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab kelmoqda.

vazir, prezident, қонунчилик palatasi, ҳукумат аъзолари

Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Xamidullayevich Kuldashev (1959-yilda tug‘ilgan)

SSSR IIV Olmaota yong‘in-texnika bilim yurti va IIV Oliy muhandislik yong‘in-texnika maktabining Toshkent fakultetini tamomlagan.

1986-yildan IIV Yong‘in xavfsizligi tizimida harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi o‘t o‘chiruvchisi bo‘lib ishlagan, 1997−2001-yillarda IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2001-yildan 2005-yilgacha IIV Yong‘indan muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2005−2009-yillarda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2009−2011-yillarda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i, 2011−2012-yillarda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, 2012−2018-yillarda Yong‘in xavfsizligi oliy texnika maktabi boshlig‘i, 2018−2022-yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2022-yil 1-martdan boshlab Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.