O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Vazirlar Mahkamasining yaqin davr va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturini taqdim etdi.

Oktabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng hukumat yangi Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Prezident Abdulla Aripov nomzodini hukumat rahbari lavozimiga takroran taqdim etdi. 150 deputatdan 148 nafari uni qo‘llab-quvvatladi, 1 nafari betaraf qoldi va 1 nafari ovoz bermadi.

Bosh vazir ovoz berilishidan oldin hukumatning “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga asoslangan 2030-yilgacha bo‘lgan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Gazeta.uz” nutqning asosiy tezislarini e’lon qiladi.

Makroiqtisodiy barqarorlik

2030-yilga borib mamlakat YAIMni 200 mlrd dollarga, aholi jon boshiga daromadni esa 5000 dollarga yetkazish rejalashtirilgan;

Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi yiliga 6−7 foizni tashkil etadi.

Sanoat ishlab chiqarishi (6,2 foiz), qishloq xo‘jaligi (4 foiz), xizmatlar (14 foiz) va qurilishni (10 foiz) oshirish rejalashtirilgan.

Inflyatsiya darajasini yiliga 5−6 foizgacha pasaytirish mo‘ljallangan.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 3 foizdan oshmaydi.

Yillik kreditlash hajmi 30 milliard dollarga yetishi, bank depozitlari esa to‘rt barobarga oshishi kutilmoqda. 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik shaklida jalb qilish rejalashtirilgan.

Pay va venchur fondlarini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya portfeli ikki barobar oshiriladi.

Qimmatli qog‘ozlar savdosi hajmini 8 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

2030-yilga borib eksport ikki baravarga oshib, 45 milliard dollarga yetishi kerak. Eksport qiluvchilar sonini 6500 tadan 15 mingtaga va tayyor mahsulotning eksportdagi ulushini oshirish.

Sanoat

150 milliard dollarlik 500 ta yirik sanoat loyihasini amalga oshirish.

Sanoatda qo‘shilgan qiymatni 20 mlrd dollardan 45 mlrd dollarga yetkazish.

2,5 milliondan ortiq yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish choralari ko‘riladi.

Geologiya-qidiruv ishlari ko‘lami va samaradorligini oshirish, shuningdek, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish ishlari davom ettiriladi. Xususan, mis ishlab chiqarish 3,5 barobar, oltin qazib olish 1,5 barobar, kumush va uran qazib olish 3 barobar oshiriladi.

Olmaliq shahrida misni boyitish va eritish korxonasi, Ohangaronda misni qayta ishlash klasteri, Tebinbuloq va G‘allaorolda temir ishlab chiqarish majmualari qurilib, ishga tushiriladi.

2025−2030-yillarda mineral-xomashyo bazasini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha maqsadli dastur ishlab chiqiladi.

Dastur doirasida kimyo sanoatida umumiy qiymati 24 milliard dollarlik 56 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Jumladan, Navoiy, Qo‘ng‘irot va Qorako‘lda yirik kimyo-polimer klasterlari, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida fosforit xomashyosidan yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonalari barpo etiladi.

абдuлла арипов, bosh vazir, harakatlar стратегияси, hukumat

Energetika

Gidroelektrostansiyalar va mikro-GESlar qurish. 2025-yildayoq Xitoyning China Southern Grid kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy quvvati 1200 MVt bo‘lgan ikkita GES qurilishi boshlanadi.

Mamlakatda umumiy quvvati 20 GVt bo‘lgan 42 ta “yashil” generatsiya obyekti qurilib, 21 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb etilmoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining (quyosh, shamol va gidroelektrostansiyalar) umumiy quvvatini 24,2 GVt gacha oshirish. Natijada 2030-yilga borib generatsiyada “yashil” energiyaning ulushi 60 foizdan oshadi.

Elektr tarmoqlarini rivojlantirish uchun umumiy qiymati 3 milliard dollarlik 34 ta loyihadan iborat portfel amalga oshiriladi.

Ushbu loyihalar har yili 19 milliard kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga zararli moddalar tashlamalarini 35 million tonnaga qisqartirish imkonini beradi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash

Faktoringni rivojlantirish va aylanma mablag‘larni taqdim etish. Faktoringni kengaytirish orqali tadbirkorlarga 20 trillion so‘m aylanma mablag‘, eksportchilarga esa 1 milliard dollarlik qo‘shimcha resurslar beriladi.

2025-yilga borib reytingi yuqori tadbirkorlar soni 15 mingga, 2030-yilga borib esa 30 mingga yetadi.

Turizm, savdo va servis sohalaridagi tadbirkorlar uchun xizmatlarga ipoteka krediti berish tizimi joriy etiladi.

Iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi 85 foizga yetkaziladi.

IT sektori

2030-yilga borib IT-xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

5G tarmoqlarini joriy etish, sun’iy intellektni rivojlantirish va IT sohasida ish o‘rinlari yaratish.

“Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar — 2035” strategiyasini ishlab chiqish.

Iqtisodiyotda kosmik texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish.

Qishloq xo‘jaligi

Agrobiznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmani rivojlantirish.

Har bir gektardan o‘rtacha 45−50 sentner paxta va 80−85 sentner don hosili olinishi kutilmoqda.

2030-yilga borib qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 10 milliard dollarga, mahsulotlarni qayta ishlashni esa 25 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Tomchilatib sug‘orish, kanallarni betonlash va ishlov berishning zamonaviy usullari hisobiga suv resurslarini tejash. Bu 15−20 foiz suvni tejash va hosildorlikni 1,5 barobar oshirish imkonini beradi.

300 ming gektar yangi yerni qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritish. Ushbu maydonlarda ozuqa, dorivor, moyli, dukkakli, sholi, don, sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi. Shuningdek, intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni 2 barobar, eksportni 5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

Turizm

Turizm iqtisodiyot taraqqiyotining drayveri bo‘lib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5 foizga, xorijiy sayyohlar soni esa yiliga 15 million kishiga yetadi.

Yirik turistik klasterlarni tashkil etish, ekoturizm va madaniy turizmni rivojlantirish.

745 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilish va ularning sonini 2500 taga yetkazish.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

“Yangi O‘zbekiston” turar joy massivlarini 100 taga yetkazish. Har yili 150 mingta xonadon qurilayotgan bo‘lsa, jami 750 mingta xonadonni foydalanishga topshirish.

Umuman, kelgusi besh yilda uy-joyga muhtoj 350 ming oila 85 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari bilan ta’minlanadi.

100 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarga 12 trillion so‘m subsidiya ajratiladi.

Aholisi 300 mingdan ortiq bo‘lgan tuman (shahar) lar soni 28 taga yetkaziladi, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizdan 60 foizga yetkaziladi.

Jamoatchilik fikri asosida kamida 20 ta hududda eski va eskirgan uy-joylarni ta’mirlash dasturlari amalga oshiriladi.

Aholining markazlashgan suv ta’minotini 90 foizga va kanalizatsiya qamrovini 30 foizga yetkazish.

Eskrou schyotlaridan foydalangan holda yangi uy-joy sotish tizimini ishga tushirish.

550 trillion so‘mlik 36 mingta investitsiya loyihasini amalga oshirib, 1 million ish o‘rni yaratish.

Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati

Transport infratuzilmasi

2030-yilgacha jamoat transportini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

5000 ta avtobus va 2000 ta elektrobus xarid qilish va ishlab chiqarish. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda elektropoyezdlar, elektrobuslar, avtobuslar, mikroavtobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temir yo‘l loyihasini amalga oshirish.

Yuk tashish hajmini 15 mln tonnaga yetkazish.

Toshkent shahrida yiliga 40 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi xalqaro aeroport qurilishi.

Davlat-xususiy sheriklik doirasida Andijon, Buxoro, Navoiy va Urganch aeroportlarini ishonchli boshqaruvga berish.

2030-yilgacha aviaqatnovlar va aviayo‘lovchilar sonini 4 barobarga oshirish.

DXSH asosida “Toshkent — Samarqand” va “Toshkent — Andijon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari, shuningdek, “Toshkent — Samarqand” va “Samarqand — Navoiy — Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temir yo‘l liniyalari qurish loyihalari amalga oshiriladi.

Ijtimoiy soha

Kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish hukumatning asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish.

2025-yilda davlat budjetidan 4 trillion so‘mga 553 ta maktab va bog‘cha, xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan yana 252 ta bog‘chani rekonstruksiya qilish va qurish rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bolalar ulushi 80 foizga yetkaziladi.

Maktab va bog‘chalarni toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash uchun respublika budjetidan har yili 100 milliard so‘m ajratiladi.

Umumta’lim maktablarida oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ulushi 95 foizga yetkaziladi.

Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha, shu jumladan, malaka oshirish tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashning yagona uzluksiz tizimi yaratiladi.

Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarni optimallashtirish orqali ular negizida texnikum ochiladi.

Maktablarda shaxsni shakllantirish uchun muhim bo‘lgan uchta asosiy yo‘nalish: musiqa, jismoniy tarbiya va sport, harbiy-vatanparvarlik fanlarini o‘qitish sifatiga alohida e’tibor qaratiladi.

Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishi 2030-yilga borib hozirgi 38 foizdan 50 foizga yetkaziladi.

Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar faollashtirilib, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 2030-yilga borib 70 foizga yetkaziladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini 2027-yilgacha bosqichma-bosqich to‘liq joriy etish.

Sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, elektron kartalar va tibbiy xizmatlarni joriy etish.

2030-yilga borib mahalliy dori vositalari ishlab chiqarish ulushini 70 foizga yetkazish.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv jamiyatni shakllantirish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish.

2030-yilga borib 10 million nafar yoshlarni sportga jalb qilish, sport bilan shug‘ullanuvchi aholi ulushi 36 foizga yetkaziladi.

2028-yilgi Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish va kuchli o‘ntalikka kirish.

6 ta teatr qurish, 25 ta muzey va 10 ta teatrni ta’mirlash.

2025 — 2030-yillarda musiqa va san’at maktablarini jihozlash.

“Tirik tarix” dasturi doirasida 54 ta yuqori sifatli filmlar yaratish.

Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati

Kambag‘allikni qisqartirish

2030-yilga borib kambag‘allik darajasini joriy yilda kutilayotgan 9 foizdan 5 foizga tushirish rejalashtirilgan.

Kam ta’minlangan oilalarning bolalarini chet tillariga, ko‘nikma va kasblarga o‘qitish. Muhtoj oilalarga 50 ming gektar yer ajratish, kichik ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar berish.

2025-yilda 1 million kishini kambag‘allikdan chiqarish.

2030-yilgacha ishsizlik darajasini 5−6 foiz darajasida ushlab turish chora-tadbirlari.

Mehnat migratsiyasi

Migrantlarni kasb-hunar va tillarga o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratish.

2025-yilda iqtisodiy rivojlangan 21 mamlakatda 200 ming fuqaroni ish bilan ta’minlash.

Xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

2025-yilda 600 mingdan ortiq xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.

O‘zbekistonning xalqaro gender reytinglardagi o‘rnini oshirish.

Har yili 2 million nafar yoshlarning salohiyati va qobiliyatini rivojlantirish, ularning 500 nafarini xorijda o‘qitish.

1,8 million yoshni ijtimoiy himoya qilish choralari.

Kreativ iqtisodiyot parklarini tashkil etish.

Ekologiya

2025 — 2027-yillarda 120 ta yirik sanoat korxonasiga chang va gazdan tozalash qurilmalari o‘rnatiladi.

1000 dan ortiq sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarda “yashil belbog‘lar” barpo etish uchun 10 million tup ko‘chat ekiladi.

2030-yilga borib mamlakatdagi ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

“Yashil makon” loyihasi doirasida har yili 200 million tup ko‘chat ekish, Orolbo‘yida 2,3 million gektar maydonda yashillikni tiklash.

Barcha hududlarda maishiy chiqindilarni qayta ishlash, elektr energiyasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.

Mudofaa va xavfsizlik

“Xavfsiz shahar” konsepsiyasini amalga oshirish va mudofaa sanoatini rivojlantirish.

Jamoat tartibi va mamlakat xavfsizligini mustahkamlash.

Abdulla Aripov so‘zining yakunida prezident hukumat uchun ustuvor strategik vazifalarni belgilab berganini ta’kidladi.

“Shu asosda biz harakatlar dasturini boyitamiz va takomillashtiramiz. Barcha topshiriqlaringizni so‘zsiz bajarish uchun bor imkoniyat va salohiyatimizni ishga solamiz. Hukumat oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun barcha darajadagi barcha ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali tashkil etiladi, rahbarlarning mas’uliyati va shaxsiy hisobdorligi kuchaytiriladi. Hukumat faoliyati siz belgilagan mutlaqo yangi tizim asosida quriladi”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Hukumatni xalqning chinakam xizmatchisiga aylantirish va oddiy odamlarning tashvish va muammolarini hal qilish ishimizning asosiy mezoni bo‘lib qoladi”.

Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Qonunchilik palatasi prezident tomonidan O‘zbekiston hukumati a’zoligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ma’qulladi. O‘zbekiston Prezidenti ularni tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning amaldagi tarkibi o‘zgarmadi (ro‘yxat).

20-yanvar kuni prezident avvalgi hukumat faoliyatiga baho berib, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. 2030-yilga borib mamlakat yalpi ichki mahsulotini 160 milliard dollarga yetkazish, inflyatsiyani 5−6 foiz darajasida ushlab turish, 1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazish va boshqalar shular jumlasidandir.