Siyosat

dayjest

Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo‘lgan Harakat dasturini taqdim etdi. Asosiy ma’lumotlar

Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo‘lgan Harakat dasturini taqdim etdi. “Hukumatni chinakam xalq xizmatchisiga aylantirish, oddiy insonlarning muammolarini hal etish — faoliyatimizning asosiy mezoni”, — dedi u. “Gazeta.uz” hukumat rahbarining nutqidagi asosiy tezislarni keltiradi.


dayjest

“Toshshahartransxizmat” va Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Sanjar Sattarov “Toshshahartransxizmat” rahbari v.b. etib tayinlandi. Tashkilotining avvalgi rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud ishi ketmoqda. Shuningdek, Mirakbar Ikramov Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etmoqda

Oktabr oyida O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘rsatkichi pasayishda davom etib, 3,6 mlrd kubometrga yetdi (2023-yil oktabr oyiga nisbatan 5% kam). Benzin ishlab chiqarish ketma-ket uchinchi oy qisqarmoqda. Quyosh va shamol stansiyalari hisobiga elektr quvvati ishlab chiqarish ko‘paydi.


dayjest

Issiqxonalarga gaz yetkazib berishda cheklovlar yo‘q — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi issiqxona xo‘jaliklariga gaz yetkazib berishda cheklovlar mavjudligini rad etdi. “Issiqxona egalari belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan holda tabiiy gazdan foydalanish imkoniyatiga ega”, — deyiladi xabarda.


Jamiyat

dayjest

Umra tadbirlarini o‘tkazish uchun litsenziya olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

Diniy qo‘mita Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya qo‘lga kiritgan 12 ta turfirma ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda bo‘lmagan firmalarning mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.


dayjest

“O‘zbekistonda kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi” — MHTI

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistondagi maktablarda bulling yoki bezorilik o‘quvchilarning akademik yutuqlariga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. Tahlillarga ko‘ra, kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgan.


dayjest

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +10…+15, kechalari 0…−3 daraja bo‘lishi kutilmoqda.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (23−24-noyabr)

To‘qqizta kinopremyera, fransuz filmlari festivali, modalar namoyishi, spektakllar, BYD festivali, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Ta’lim vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevni haqorat qilgan sobiq deputat Kobul Dusovning ozodligi 1 yilga cheklandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning o‘rinbosari Farhod Boqiyev sobiq deputat va bloger Kobul Dusov ustidan sudga ariza berdi. Birinchi instansiya sudi blogerni vazir o‘rinbosarini haqorat qilgani uchun 1 yilga ozodlikdan chekladi.


dayjest

Ichki ishlar organlari “kolyaska”, velosiped va samokatlarni o‘g‘rilikdan himoyalash uchun ularni o‘zlari olib ketib qolmoqda

Toshkentning turli tumanlaridagi IIB xodimlari “o‘g‘riliklarning oldini olish maqsadida” pod’ezdlardan bolalar aravachasi, velosipedlari va samokatlarini olib ketmoqda. Jamoatchilik bu harakatlarni ijobiy baholamadi.


dayjest

1-martdan yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi

Bolalarni ijtimoiy himoya qilishni yaxshilashga qaratilgan farmon imzolandi. Unga ko‘ra, yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi. 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi. Homiladorlar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.


dayjest

Xorijdagi faol o‘zbekistonliklarni rag‘batlantirish uchun “Vatandosh” guvohnomasi joriy qilindi

Xorijda yashab O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy hayotida faol bo‘lgan vatandoshlarni rag‘batlantirish uchun “Vatandosh” guvohnomasi joriy etildi. Guvohnoma olgan nomzod va uning oila a’zolariga mamlakat vizasi, ayrim davlat xizmatlari va turar joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish masalalarida imtiyozlar beriladi.


dayjest

Toshkentda 4 mln donadan ortiq pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi

Toshkentning Yashnobod tumanidagi FVB qismida 4 mln 65 ming donadan ziyod salyut va petardalar dastlab suvda bo‘ktirilib, yaroqsiz holatga keltirildi va maxsus xandaqqa ko‘mib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi.


dayjest

DXX 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi

Namanganlik shaxs 4 nafar samarqandlik fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuborishga kelishgan. U buning uchun 12 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Uning ustidan tergov ishlari ketmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda daraxtlarni qasddan quritish va noqonuniy ov uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi

Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish, ularga shikast yetkazish endilikda BHMning 75 baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi. Elektr toki hamda portlovchi va kimyoviy moddalar bilan ov qilganlar esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.


dayjest

O‘zbekiston jinoyat sodir etgan bolalar uchun ozodlikdan mahrum qilishning muqobil choralarini joriy etishni rejalashtirmoqda

Jahon bolalar kuni munosabati bilan YUNISEF, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va bolalar ombudsmani ozodlikdan mahrum etish o‘rniga maslahat, vositachilik va qo‘llab-quvvatlash kabi bolalarga mo‘ljallangan muqobil sudlov choralarini joriy etishga chaqirdi.


Jahon

dayjest

Braziliyaning sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 2022-yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragach, davlat to‘ntarishiga uringanlikda gumon qilinmoqda. Yana 36 nafar shaxsga, jumladan, sobiq vazirlar va iste’fodagi generallarga ayblov e’lon qilindi. Ular hozirgi prezidentni o‘ldirishni reja qilgan bo‘lishi mumkin.


dayjest

Germaniya kansleri Olaf Shols ikkinchi muddatga saylanmoqchi, uning potensial raqibi nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bo‘lajak saylovlarda Sotsial-demokratik partiyadan kanslerlikka nomzodini ko‘rsatishdan bosh tortdi va amaldagi kansler Olaf Sholsni qo‘llab-quvvatladi. Partiya a’zolari avvalroq Pistoriusni o‘z nomzodini ko‘rsatishga chaqirgandi.


dayjest

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qilmoqchi

Rossiya yil oxirigacha benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qilishni rejalashtirmoqda. Yaqinda Energetika vazirligi eksport cheklovlarini olib tashlash mumkinligi, chunki narxlar va bozordagi vaziyat barqaror ekanini bildirgandi.


dayjest

Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakatga elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va chekishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 2025-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. Tartibni buzish jismoniy shaxslar uchun 115 dollar (joriy kurs) jarima solishga sabab bo‘ladi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!