Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Faqat Surxondaryo viloyatida 23-noyabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Harorat kechalari 0…+5 daraja iliq, shimolda ba’zi joylarda −1…−3 darada sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni +10…+15 daraja iliqqacha isitadi.
Bunday harorat noyabr oyining ushbu kunlari uchun bo‘lgan iqlim me’yorlariga yaqindir, deydi sinoptiklar.