23-noyabr kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 13:33 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 39,5 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 5,3. Chuqurlik — 10 km. Epitsentr — Toshkentdan 290 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona viloyatida — 2−3 ball, 98 km;
  • Andijon viloyatida — 2 ball, 151 km;
  • Namangan viloyatida — 2 ball, 167 km;
  • Toshkent shahrida — 2 ball, 290 km.

Eslatib o‘tamiz, 13-noyabr kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyatida ham sezilgan. O‘zbekiston janubida 2 balli zilzila qayd etilgan.