Amerikancha pechene
Shokolad bo‘laklariga ega pechenening tashqi tomoni kuvrak, ichi esa yumshoq bo‘ladi, u ajoyib ta’mi va ifori bilan o‘ziga rom qiladi.
“Qahva donalari” pechenesi
Yumshoq, mayin, qumoq-qumoq va qahva ta’mli pechene.
“Tarvuzchalar” pechenesi
Tarvuz tilimlari shaklidagi yorqin pechene. Uni bolajonlar zavq bilan yeyishi, shubhasiz.
Karamel va shokoladli pechene
Karamel qatlami va shokolad bilan bezatilgan qumoq pechene, uning ta’mi Twix batonchasini eslatadi.
Brauni pechenesi
Shokoladli, mayin; cho‘ziluvchi irisi va ustida qarsildoq shokolad qobig‘i bor ushbu pechenelar ajoyib ta’mi bilan ajralib turadi.
Olma nachinakali pechene
Ushbu retsept bo‘yicha pechene juda mayin va yumshoq bo‘ladi, dolchin va olmali nachinka unga ajoyib ifor va ta’m beradi.
Zanjabilli pryaniklar
Yumshoq, zanjabilli xushbo‘y pryaniklar uyni shinamlik va bayramona kayfiyat bilan to‘ldiradi.
“Alfaxores” pechenesi
Qaynatilgan quyultirilgan sut va yong‘oqlar bilan to‘ldirilgan qumoq pechene. Uning kelib chiqishi Ispaniyaga borib taqaladi.
“Karamelli tayoqcha” pechenesi
Karamelli tayoqcha ko‘rinishidagi mayin va sochiluvchan pechene siz va yaqinlaringizni xursand qiladi va bayram muhitini yaratadi.