Ichki ishlar vazirligi yakshanba kuni vazir Po‘lat Bobojonov buyrug‘i bilan uning boshqarmalarida rahbar lavozimlarda ishlagan ikki xodim ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i, polkovnik Axrorjon Xalimjonovich Atxamov va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Baxtiyarovich Tashxodjayev lavozimidan olindi.
Shu bilan birga, poytaxt IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovning buyrug‘i bilan Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Timur Akramovich Sobirov lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.