24-noyabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahridagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi, deya xabar berdi Reuters agentligi mahalliy xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib.
Otishma sababli uch nafar politsiyachi yaralandi, shifokorlar ularning ahvolini o‘rtacha og‘ir deb baholamoqda. Iordaniyaning Petra agentligining yozishicha, hujumchi politsiya patrulini o‘qqa tutgan, shundan so‘ng u yashirinishga harakat qilgan. Jarayonda u va uni ta’qib qilgan politsiyachilar o‘rtasida otishma bo‘lgan va hujumchi halok bo‘ldi.
https://twitter.com/qudsn/status/1860480245528510631?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1860480245528510631%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=
The Times of Israel nashrining xabar berishicha, otishma sababli Isroil elchixonasi o‘rab olingan. Nashr elchixona Rabia tumanida joylashgan bo‘lib, u yerda mahalliy aholining G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarga qarshi norozilik namoyishlari tez-tez bo‘lib turishini bildirdi.
Jumladan, mart oyida Iordaniya politsiyasi harbiy operatsiyaga norozilik bildirish uchun elchixonaga yo‘l olgan yuzlab namoyishchilarni ortga qaytarish maqsadida ko‘zni yoshlantiruvchi gazlarni qo‘llagani aytiladi.