Siyosat
Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi
Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotganlar 7 kishiga yetganini bildirdi. Xususan, ulardan biri Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Yana birining Qozog‘istonda yashiringan manzili aniqlandi.
O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi almashdi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning yordamchisi va qabulxonasi mudiri Sarvar Ashurov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Shuhrat Ibragimov egalladi.
“Barcha ijro organini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz” — prezident
Shavkat Mirziyoyev barcha davlat ijro hokimiyati organlarini (vazirlik va idoralar) Yangi Toshkentga ko‘chirish rejalarini ma’lum qildi. “Tasavvur qiling, katta mashinalar kelmaydi, tirbandlik bo‘lmaydi, odamlar esa bundan faqat foyda ko‘radi”, — dedi u.
Xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
“Adolat” va Ekopartiya tomonidan ishlab chiqilgan madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Ushbu tashabbus prezident tomonidan ma’qullangandi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga yangi rais tayinlandi
Akbar Sultanov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. U 2021-yil mayidan buyon raisning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Sultanov martdan beri uyushma raisi vazifasini bajarib kelayotgan Farxod Nurmuxamedov o‘rnini egalladi.
Iqtisodiyot
“Bu xuddi Top Gear’da yomonlangan avtomobillar importini taqiqlashdek gap”. Tadbirkorlar — quyosh panellari importi cheklanishi haqida
O‘zbekistonda 2025-yildan BNEF Tier-1 ro‘yxatiga kirmagan korxonalardan quyosh panellari, invertorlar, akkumlyatorlar import qilish taqiqlanadi. Bu prezident farmonida ko‘zda tutilgan. “Gazeta.uz” soha ekspertlari bilan buning bozorga ta’siri, monopoliyalar va importni tartibga solish haqida suhbatlashdi.
Toshkentdagi pulli “parkovka"larni tashkil etish bo‘yicha auksionda Balcomuz kompaniyasi g‘olib chiqdi
Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori — 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum?
Toshkentdagi Askiya bozori mulki va hududi $16,8 mln narxida auksionga qo‘yildi
Toshkentdagi 1,83 ga maydonga ega Askiya bozori mulki va hududi auksionga chiqarildi. Obyektning boshlang‘ich qiymati 214,8 milliard so‘mga (taxminan $16,8 mln) baholangan. Avvalroq Yakkasaroy tumani hokimligi bozor o‘rnida mehmonxona va savdo markazi qurilishini ko‘zda tutuvchi loyihani taqdim etgandi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda biznes ombudsman xabardor etiladi
Prezident farmoni bilan qonunchilikka tadbirkorlar faoliyatini tekshirish jarayonida biznes ombudsmanni xabardor qilish talabi kiritilmoqda. Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
Yandex Uzbekistan Toshkentda Lavka tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi
Yandex Go ilovasida Lavka tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushdi. Buyurtmalar, jumladan, qahva, fastfud, yangi sabzavot va mevalar oshxonalari bo‘lgan uchta ombordan yetkazib beriladi. Lavka 2025-yil oxirigacha shaharda 12 tagacha shunday darkstorlar ochishni rejalashtirmoqda.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari budjet loyihasini konseptual jihatdan ma’qulladi
Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan qo‘mitalar yig‘ilishlarida 2025-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qo‘mitalar faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqib muhokama qilindi va konseptual jihatdan ma’qullandi.
O‘zbekistonda 2025-yilda 450 mingta mashina ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
“O‘zavtosanoat” raisi prezidentga 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 450 ming mashina ishlab chiqarib, eksportni 700 mln dollarga yetkazish, Jizzaxdagi BYD zavodining modellar qatorini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi Payariq Claster MJCH paxta mahsulotlarini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotganini aniqladi. Oqibatda narxlar yuqori qo‘llanib, yog‘, shrot, sheluxa kabi mahsulotlarda 1,9 mlrd so‘mlik tavofut yuzaga kelgan. Korxona narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygani uchun jazolandi.
O‘zbekistonda 10 ta asosiy oziq-ovqat mahsulotining hisob-kitobi yuritiladi
Prezidentga olib kirilgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga oid taqdimotga ko‘ra, 2025-yilda 2 mln gektar maydonga meva-sabzavot va poliz ekinlari ekilib, hosillari monitoring qilib boriladi. Xususan, aholiga birlamchi zarur 10 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotining tizimli hisob-kitobi yuritiladi.
Jamiyat
O‘zbekistonda 25−30-noyabr va 1-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
O‘zbekiston hafta boshida Turkmaniston issig‘i va Qozog‘iston sovug‘i orasida qolib ketadi. Janubda harorat +24 gacha ko‘tariladi, vodiy esa tumanlar hisobiga kunduzi ham sovuq bo‘ladi. Hafta oxiri Kaspiydan yog‘ingarchilik kelib, butun mamlakatda harorat pasayadi. Shu hafta ko‘p joylarga ilk qor tushishi mumkin.
Haftaning birinchi yarmi iliq, qolgani sovuq bo‘ladi
O‘zbekistonning katta qismida haftaning birinchi yarmi iliq o‘tadi, harorat kunduzi +15…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Payshanba kunidan esa nam havo kirib kelishi boshlanadi va juma kuni +10 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ish mumkin.
Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Prezident qarori bilan endilikda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi. Hujjatga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30−65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.
Qashqadaryoda 26 yoshli erkak o‘zi, xotini va 2 oyli chaqalog‘ining joniga qasd qildi
Yakshanba kuni Kitob tumanida 26 yoshli erkak ruhiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida xotini va tug‘ilganiga endigina 2 oy bo‘lgan qizini pichoq bilan qasddan o‘ldirdi. U voqea ortidan o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Isroillik ravvinni o‘ldirishda O‘zbekistonning 3 fuqarosi gumon qilinmoqda — BAA IIV
BAA Ichki ishlar vazirligi isroillik ravvinni o‘ldirishda gumon qilinib, BAAda hibsga olingan uch nafar gumonlanuvchi O‘zbekiston fuqarolari ekanini ma’lum qildi. Ulardan ikkitasi 28 yoshda, uchinchisi 33 yoshda.
Surxondaryoda tanishini urib o‘ldirgach, uni yerga ko‘mib qo‘ygan shaxs 19,5 yilga qamaldi
Sho‘rchi tumanida 40 yoshli erkak pul ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi tanishining pullarini o‘zlashtirish maqsadida uni urib, o‘ldirib qo‘ydi. Fuqaro jabrlanuvchining murdasini hovlisidagi chuqurga ko‘mib qo‘ygan. Sud ayblanuvchini 19 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi.
Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi
Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.
Toshkentda Epica va Spark to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
Mirzo Ulug‘bek tumanida Epica va Spark avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. YHXB xabariga ko‘ra, Spark haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi 1 oyga yopiladi
Ta’mirlash ishlari sabab Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi 25-dekabrgacha yopiladi.
O‘zbekistonda 10 oy ichida 15,8 ming shaxs oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortildi — Oliy sud
O‘zbekistonda 10 oy ichida oiladagi zo‘ravonlik uchun 15 mingdan ortiq odam ma’muriy javobgarlikka, 399 kishi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jahon
BAAda isroillik ravvin o‘lik holda topildi. Isroil uni O‘zbekiston fuqarolari o‘ldirganini gumon qilmoqda
BAAda o‘tgan hafta bedarak yo‘qolgan ravvin Svi Kogan o‘lik holda topildi. Isroil uni Eron bilan aloqador O‘zbekiston fuqarolari o‘ldirgan deb gumon qilmoqda. BAA Ichki ishlar vazirligi gumonlanuvchilar hibsga olingani haqida xabar berdi, ammo ular haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Ruminiyadagi prezident saylovining birinchi bosqichida mustaqil nomzod yetakchilik qilmoqda
Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichida o‘ta o‘ng, YeI va NATOni tanqid qilgan mustaqil nomzod Kelin Jeorjesku kutilmaganda yetakchiga aylandi. Keyingi o‘rinni amaldagi bosh vazir Marchel Cholaku egalladi. Ikkinchi bosqich 8-dekabrga belgilangan.
Dunyoda har 10 daqiqada bir ayol yaqin insoni qo‘lidan halok bo‘ladi — BMT
Har kuni dunyo bo‘ylab 140 nafar, har 10 daqiqada o‘rtacha 1 nafar ayol yoki qiz yaqin insoni qo‘lidan halok bo‘lmoqda. BMT Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunida (25-noyabr) shu kabi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni dastlabki tarzda ma’qulladi — OAV
Isroil “Hizbulloh” bilan Livanda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni dastlabki tarzda ma’qulladi. Loyiha 60 kunlik davrni o‘z ichiga oladi, bunda Isroil harbiylari Livan janubini tark etishi, “Hizbulloh” o‘z og‘ir qurollarini Litani daryosining shimoliga o‘tkazishi kerak.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!