24-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi “Oqsuv” MFYga qarashli Xo‘jaisparoz qishlog‘ida yashovchi 26 yoshli erkak xotini va 2 oylik chaqalog‘ini qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak soat 13:00 atrofida yashash xonadonida ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar oqibatida oshxona pichog‘i bilan o‘zidan 2 yosh katta turmush o‘rtog‘i hamda tug‘ilganiga endigina 2 oy bo‘lgan qizini qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u yashash uyining xo‘jalik binosida arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan yakshanba kuni Kitob tumani prokurori Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlik kiritilishcha, gumonlanuvchi shaxs (marxum) 2006-yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.