Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida havo iliq bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

25−27-noyabr kunlari harorat asosan kechalari +2…+7, kunduz kunlari +15…+20 daraja, janubda kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari −2…−7 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat +7…+12 darajadan oshmaydi.

Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida 26-noyabr kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengiz hududlaridan nam havo kirib kelishi boshlanadi. 28−29-noyabrda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va 28-noyabrda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Yomg‘ir yog‘ishi iliq ob-havoda kuzatiladi, 28-noyabrda harorat kechasi +7…+10 daraja, kunduzi +17…+20 daraja atrofida bo‘ladi. 29-noyabrda haroratning pasayishi boshlanadi, kunduz kungi harorat +10…+13 darajani tashkil etadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 28−29-noyabrda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi.

28-noyabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida, 28−29-noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Toshkent shahrida 25−28-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +4…+7 daraja, 28-noyabrda +7…+10 daraja iliq, kunduz kunlari +17…+20 daraja bo‘ladi.

29-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi +7…+10 daraja, kunduzi +10…+13 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.