Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi qariyb 1 oyga yopilishi sababli Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Avval xabar berilganidek, Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Said Baraka ko‘chasigacha bo‘lgan qismini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 27-noyabrdan 25-dekabrgacha ushbu manzil avtomobillar harakati uchun yopiladi. Shu tufayli quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartiriladi:

  • 16, 26, 37, 80-sonli avtobus yo‘nalishlari — Nukus, Amir Temur, Fidokor ko‘chalari orqali;
  • 22, 55-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati — Nukus, Oybek, Shahrisabz ko‘chalari orqali.

Vazirlik qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.