Siyosat
O‘zbekiston ravvinning o‘ldirilgani bo‘yicha tergovda BAA va Isroil bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda — TIV
O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Isroil elchisi Gideon Lustigga ravvin Zvi Kogan vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Avvalroq BAAda uning o‘limida gumonlangan o‘zbekistonliklar qo‘lga olingandi. Saidovning aytishicha, o‘zbek tomoni tergovda har ikki davlat rasmiylari bilan hamkorlik qilmoqda.
Italiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Agostino Pinna mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U mazkur lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelayotgandi.
Iqtisodiyot
Kimdir yo‘qotishi mumkin, lekin JST adolatli savdo tartib-tamoyillari degani — Jamshid Qo‘chqorov
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov eksportyorlarga foyda va aylanmadan soliq bo‘yicha berilgan imtiyozlar 2025-yildan bekor qilinayotgani mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liqligini qayd etdi. “Har bir tadbirkor adolatli, ochiq raqobat sharoitida faoliyat yuritishni o‘rganishi lozim”, — dedi u.
“Kimga va nima uchun yuqori maosh to‘lash kerak”. Bosh vazir o‘rinbosari — tibbiyot xodimlarining ish haqini oshirish haqida
Deputat Qizilgul Qosimova ta’lim va tibbiyot xodimlarining maoshi pastligi ushbu sohalardagi xizmatlar sifatiga ta’siri qilishidan xavotir bildirdi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov bu masala hamon murakkabligicha qolayotganini ta’kidladi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi
O‘tgan yili qishda jami 13 ming gektar bog‘ va uzumzor sovuq urishi tufayli zararlandi, oqibatda 207 ming tonna hosil yo‘qotildi. Shu bois prezident topshirig‘iga muvofiq, Ispaniya, Turkiya, AQSh tajribalari asosida “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Namangan hokimi prezidentga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalarini ko‘rsatdi
Prezident huzurida Namangan viloyatini investitsion rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga doir yig‘ilish o‘tkazildi. Davlat rahbari hokimning kambag‘allik chegarasini 5,3 foizga tushirish, migrantlarni hududning o‘zida ish bilan ta’minlash, 1 mlrd dollar eksport qilish rejalarini ma’qulladi.
Toshkentdagi hospis 2025-yil fevralidan ishga tushishi ko‘zda tutilmoqda — moliya vaziri o‘rinbosari
Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov Toshkentdagi hospis faoliyatini 2025-yil fevralida boshlash ko‘zda tutilayotganini aytdi. Hospisning umumiy qiymati 34 mlrd so‘m bo‘lib (xususan, 2024-yilda 16,8 mlrd so‘m ajratilgan), moliyalashtirish ishlari 90,5 foizga bajarilgan.
Jamiyat
1-yanvardan Toshkent jamoat transportida yo‘l haqi oshishi kutilmoqda
Toshkentda 1-yanvardan avtobus va metroda naqd to‘lov 3000 so‘m etib belgilanishi rejalashtirilmoqda. Transport kartalari uchun avval joriy qilingan imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Shuningdek, avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.
O‘zbekistonda dekabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
So‘nggi bir necha o‘n yillikda O‘zbekistonda qishda sovuq kunlar soni ikki barobarga kamaygan. 2024-yil dekabri ham, prognozlarga ko‘ra, iliqroq o‘tadi. Ammo oy boshi sovuqroq bo‘lishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun dekabr ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi. Video.
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
Surxondaryoda 17 yoshli yigit va 15 yoshli qizning go‘yoki farzandi borligi ko‘rsatilgan videoni Instagram sahifasiga joylagan bloger jarimaga tortildi. Yigit va qiz esa ogohlantirildi.
1-yanvardan madaniyat tashkilotlari xodimlarining ish haqi 20 foizga oshadi
Prezident qarori bilan 1-yanvardan madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 20 foizga, 1-iyuldan yana 15 foizga oshiriladi.
Toshkentda Lacetti va skuter ishtirokidagi YTHda bir kishi jarohatlandi
Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan “avariya"da skuter haydovchisi jarohatlandi. U tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka raqamli dalillar tushunchasi kiritilmoqda. Raqamli dalillarning ko‘chirma nusxalarini mas’ul shaxslarga yoki sudga qog‘ozda chop etilgan shaklda taqdim etish mumkin.
Uch yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
Firibgarlikda ayblanib 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIOga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.
O‘zbekistonda noma’lum xavfli virus qayd etilgani yo‘q — SSV
Tarmoqlarda Toshkentda xavfli virus tarqalayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarlarni rad etib, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olish jarayonini tabiiy holat, deya qabul qilish kerakligini ma’lum qildi.
Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi.
Toshkentda Taras Shevchenko ko‘chasi vaqtincha yopilishi sababli 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
Toshkentda rekonstruksiya ishlari sabab Taras Shevchenko ko‘chasi bir oyga yopilishi tufayli ushbu ko‘chadan o‘tadigan 6 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgartiriladi. Transport vazirligi qatnov va oraliq vaqtlari me’yordan ortib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan uch bosh Buxoro bug‘usi ovlangani aniqlandi
Qoraqalpog‘istondagi Quyi Amudaryo hududida uch bosh Buxoro bug‘usi miltiq bilan otib o‘ldirilgani aniqlandi. Hayvonot dunyosiga 3,4 mlrd so‘m zarar hisoblanib, ovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jahon
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga katta miqdorda boj solmoqchi. Tafsilotlar
Donald Tramp lavozimga kirishishi bilan Meksika, Kanada (25%) va Xitoydan (10%) kelayotgan tovarlar uchun tariflarni oshirishni va’da qildi. Tramp buni noqonuniy immigrantlar, “jinoyat va giyohvand moddalar” uchun qasos bo‘lishini ta’kidladi. Ammo buning oqibati AQSh iqtisodiyoti uchun salbiy bo‘lishi mumkin.
Maxsus prokuror Trampdan ikkita jinoiy ish bo‘yicha ayblovni olib tashlashni so‘radi
AQSh maxsus prokurori Jek Smit saylangan prezident Donald Trampdan 2020-yilgi saylovlarga aralashish va maxfiy hujjatlar bilan tegishlicha muomala qilmaslik bo‘yicha barcha ayblovlarni olib tashlashni so‘radi. Chunki Adliya vazirligi mamlakatning amaldagi rahbarini sudda ta’qib etishni taqiqlaydi.
Rossiya Zaporojega hujum qilishni rejalashtirmoqda — Economist
Ukraina razvedkasi Rossiya Zaporoje shahriga hujum qilishga tayyorlanyapti, deb hisoblamoqda, bu uchun 130 ming rossiyalik askar jalb etilishi mumkin, deb yozdi Economist.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!