Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Agostino Pinna diplomatik missiyasini yakunlamoqda, deya xabar berdi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘z Telegram kanalida.
26-noyabr kuni vazir elchi bilan uchrashdi. TIV rahbari elchiga mamlakatdagi “fidokorona xizmatlari uchun Tashqi ishlar vazirligi nomidan minnatdorlik bildirib”, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
“Dinamik iqtisodiy hamkorlik, yangi investitsiyaviy loyihalar, tadbirkorlar o‘rtasidagi yaqin aloqalar va muntazam siyosiy uchrashuvlar O‘zbekiston-Italiya strategik sherikligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda”, — deb yozdi u.
Ma’lumot uchun, Agostino Pinna mazkur lavozimga 2020-yilda tayinlangan, o‘sha yil oktabr oyida prezidentga ishonch yorliqlarini topshirgandi.