Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani tog‘larida 45 metr balandlikda osma ko‘prik qurilmoqda. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu prezidentning turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha bergan topshirig‘i doirasida bajarilmoqda.
Ko‘prikning uzunligi 300 metr. Uning qurilishi tez orada yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
Ko‘prik turistik maskanlardan biriga tegishli bo‘lib, “Orzu” deb nomlanadi, undan bir vaqtning o‘zida jami 40 nafar sayohatchi foydalanishi mumkin.
Viloyat hokimligi Xo‘jaobodda bu kabi yangi tashabbuslarni amalga oshirish harakatlari davom etishini ma’lum qildi.