Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi kanalga tushib ketgan Damas suvdan olib chiqildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26-noyabr kuni soat 20:30 da tuman FVBga Xumdon mahallasidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanaliga avtomobil tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ular avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.