Siyosat
Samarqand viloyatini 6 yil boshqargan Erkinjon Turdimov ishdan ketdi
2018-yildan beri Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov prezident farmoni bilan lavozimdan olindi. Uning o‘rnini Hisob palatasi raisi lavozimida ishlagan Adiz Boboyev hokim vazifasini bajaruvchi sifatida egalladi.
Iqtisodiyot
Markaziy bank bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklashni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Markaziy banki bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklamoqchi. Regulyator raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayevning ta’kidlashicha, ayrim mijozlar yuzlab kartalarga ega bo‘lib, bu firibgarlar tomonidan kartalardagi mablag‘ o‘zlashtirilishiga olib kelmoqda.
O‘zbekistondagi 64 ta tumanda oziq-ovqat eksporti o‘tgan yilga nisbatan kamaygan, 17 tasida 50 foizga ham yetmagan — prezident
O‘zbekistonda oziq-ovqat eksporti 2023-yilga nisbatan 1,2 barobarga o‘sib, 2 mlrd dollardan oshdi. Ammo 64 ta tumanda eksport 2023-yilga nisbatan kamaygan, undan 17 tasida 50 foizga ham yetmagan. Prezident hokimlarni dunyodagi og‘ir vaziyatni hisobga olib, yangi imkoniyatlarni ishga solish haqida ogohlantirdi.
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostona muzokaralari yakunida Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini ko‘paytirish rejalarini ma’lum qildi.
“Nega propan narxi keskin oshishiga qarshi tezkor choralar ko‘rilmadi?” — “Adolat” deputati davlat organlariga so‘rovlar yubordi
“Adolat” partiyasi deputati Muhammad Valiyev so‘nggi oylarda propan narxi keskin oshgani sababli mas’ul idoralarga so‘rovlar yo‘lladi. So‘rovlarda narxlar oshishining sabablari, ularni barqarorlashtirish va narx shakllanishining shaffofligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi savollar ko‘tarilgan.
G‘arbda korxonalar davlatga qaraganda xususiy sug‘urta kompaniyalaridan ko‘proq qo‘rqadi — Behzod Hoshimov
Iqtisodchi Behzod Hoshimov nega ba’zi davlatlarda xavfsizlik qoidalari ishlashi va ba’zilarida ishlamasligini tushuntirdi. “G‘arbda qoida ishlashi ular insofliroq ekanidan emas. Agar qayerdadir yong‘in holatida chiqish eshigi ishlamay qolsa, sug‘urta kompaniyasi o‘sha korxona egasini „burnidan buloq“ qiladi”, deydi u.
Nima uchun iqtisodchilar inson umrining statistik qiymatini baholaydi?
Behzod Hoshimov nega iqtisodchilar inson umrining statistik qiymatini baholashini tushuntirdi. “Kulfat yuz berganida inson umri uchun qancha kompensatsiya to‘lanishi kerak? Umr — bebaho, degan falsafa bilan yondashsak, kompensatsiya berish kerakmas, degan noto‘g‘ri xulosaga kelib qolish mumkin”, — deydi u.
Andijondagi bog‘da charxpalak qurish bo‘yicha tadbirkorlik xususiyatiga ega loyiha “Tashabbusli budjet"da g‘olib bo‘ldi
Senat qo‘mitasida Andijondagi istirohat bog‘ida charxpalak qurish loyihasi tadbirkorlik xususiyatiga ega bo‘lishiga qaramay, “Tashabbusli budjet"ning ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgani va g‘olib deb topilgani keskin tanqid qilindi. Huddi shunday holat Zarafshondagi aeroport binosini ta’mirlashda ham kuzatilgan.
Jamiyat
“Prezidentga pochta yetkazishni orzu qilaman”. 40 yildan beri pochtalyonlik qiluvchi Ro‘zixon Ochilov hikoyasi
Asli jarqo‘rg‘onlik Ro‘zixon Ochilov hayotini pochtaga bag‘ishlagan. 58 yoshli pochtachi har kuni 100 chaqirimdan ortiq masofa bosib, cho‘ldagi shahar aholisiga davriy nashrlar, xatlar va jo‘natmalarni yetkazadi. “Gazeta.uz” eng ko‘hna kasblardan birining quvonchlari, qiyinchiliklari va taqdiri haqida hikoya qiladi.
Juma kunidan havo sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
Juma kunidan boshlab O‘zbekistonda havo harorat pasaya boshlaydi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda u qorga aylanishi mumkin. Kechalari harorat −8…+2, kunduz kunlari −2…+8 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, avtomobillarning emas — Erkinjon Turdimov
Samarqand viloyati sobiq hokimi Erkinjon Turdimov lavozimidan ketishidan 2 kun avvalgi yig‘ilishida Samarqand shahrini avtomobillar shahridan odamlar shahriga aylantirishni ta’kidladi. “Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak. Norozi bo‘lsa bo‘lsin mashina egalari”, — dedi Turdimov.
Odam savdosida ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosida ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol ushlandi. U Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Haydovchi tartibga solinmagan o‘tish joyida piyodani urib yuborgani uchun 5 yilga manzil-koloniyaga hukm qilindi
May oyida Spark Toshkentning Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi tartibsiz o‘tish joyida ayolni urib yuborgandi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Sud haydovchini 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jazo manzil-koloniyada o‘taladi. Ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish joylari hamon xavfsizlik talablariga javob bermaydi.
Toshkent viloyatida oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi
Sud bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan va ularni uyi bilan birga yoqib yuborgan 29 yoshli erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U Jinoyat kodeksining besh moddasi, jumladan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish va bosqinchilik bo‘yicha aybdor deb topildi.
Turkiyalik 7 nafar mutaxassis O‘zbekiston tibbiyotini transformatsiya qilishga yordam beradi
SSV O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini tibbiy sug‘urta, farmatsevtika va tez tibbiy yordam kabi yettita asosiy yo‘nalishda o‘zgartirishga yordam berishi kerak bo‘lgan yetti nafar turkiyalik mutaxassisni jalb qildi. Hozir ular barcha darajadagi tibbiyot muassasalarini o‘rganmoqda va hududlarga safar uyushtirmoqda.
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilmoqda
Samarqand shahrida tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin. Hozirda bu uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilinmoqda.
Eski ToshMI va sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi
Toshkentda eski ToshMI oldidagi murakkab yo‘l uzeli qayta tashkil etilmoqda. Bu yerda transport oqimi bo‘linadi, qayrilib olish qismlari qayta ko‘rib chiqiladi. Rekonstruksiya ishlari sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahani ham qamrab oladi. Pudratchi — China State Construction.
Prezident radikallashuvga qarshi kurash va diniy ma’rifatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkazdi
Prezident yig‘ilishida internetdagi radikal g‘oyalar O‘zbekiston aholisining zaif qatlamlari, jumladan, yoshlarni noqonuniy guruhlar ta’siriga tortayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni bilim va mehnatga keng jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘zbekistonda qariyb 11 oyda 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holatlarning aksariyati Farg‘ona, Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. “Hududgazta'minot” kompaniyasi gaz to‘planganda avtomatik to‘xtatadigan yoki ovozli xabar beradigan uskunalarni o‘rnatishni tavsiya etmoqda.
Buxorodagi xonadonda gaz portlashi ortidan er-xotin vafot etdi, ularning 2 qizi jarohatlandi
Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi xonadonlardan birida gaz portladi. Undan oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati oldi. Xususan, ota va ona voqea oqibatida vafot etdi, 2 nafar voyaga yetmagan qiz shifoxonada.
O‘zbekistonda “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish maqsadida “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi
Ombudsman to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi: endi u ta’sir choralari — ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma qo‘llashi mumkin. Ombudsman va uning jamoasi mahkumlar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyura oladi.
Madaniyat
Foto: “XIX asrda O‘zbekiston” ko‘rgazmasida namoyish etilgan 130−140 yillik suratlar
Toshkent Fotosuratlar uyida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda sirli fotograf tomonidan XIX asrda olingan va hozirda Rossiyaning Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan fotosuratlar ko‘rsatildi. “Gazeta.uz” turkiyalik tadqiqotchilar tashabbusi bilan o‘tkazilgan ko‘rgazmadan reportaj tayyorladi.
Jahon
Dekabrdan Rossiyaga kirishda xorijliklar biometriyadan o‘tadi
1-dekabrdan boshlab Rossiyada eksperiment tarzida xorijlik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatga kirishda biometrik ma’lumotlarini taqdim eta boshlaydi. Birinchi bosqichda yig‘ish Moskva va Moskva viloyati aeroportlarida, shuningdek, Orenburg viloyatidagi “Mashtakovo” nazorat punktida amalga oshiriladi.
Turkiyada qalbaki dollarlar tarqalgani yuzasidan tergov boshlandi
Istanbul prokuraturasi Turkiyaga 600 mln dollardan ortiq qalbaki dollarlar kirib kelgani haqidagi xabarlar yuzasidan tergov boshladi. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi fuqarolarni dollarni faqat rasmiy banklar yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash nuqtalaridan olishga chaqirdi.
Seulda 100 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘di
Seul va uning atrofidagi hududlarda so‘nggi 117 yil ichida noyabr oyidagi eng kuchli qor yog‘di. Yog‘ingarchilik tufayli transport faoliyati izdan chiqdi, aviaqatnovlar bekor qilindi. Besh kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Rossiya Ukraina energetika obyektlariga yalpi zarbalar berdi
28-noyabr kuni ertalab Rossiya Ukraina energetika obyektlariga 90 dan ortiq raketa va 100 ga yaqin dron yordamida ommaviy hujum uyushtirdi. Butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar joriy etildi.
AQSh Ukrainaga 725 mln dollarlik harbiy yordam paketini tayyorlamoqda
Bayden ma’muriyati Ukraina uchun 725 mln dollarlik qurol-yarog‘ paketini tayyorlamoqda. Unga piyodalarga qarshi minalar, dronlar, raketalar va HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar kiradi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!