Odam savdosida ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar qildi.
1980-yilda tug‘ilgan ayol O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.
“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi”, — deyiladi bosh konsulxona xabarida.