Toshkent Fotosuratlar uyida 4−11-noyabr kunlari Turkiya elchixonasi va ushbu mamlakatning Yulduz texnika universiteti Sulton Abdulhamid Ikkinchi nomidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi hamkorligida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma uchun Turkiyadagi Yulduz texnika univresiteti (YUTU)ning Sulton Abdulhamid Ikkinchi nomidagi Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan chiqarilgan “XIX asrda O‘zbekiston. Kunstkamera muzeyidagi V.Orden fotosuratlari” albomi asos qilib olingan.

Foto: Murod Yusuf / “Gazeta.uz”Foto: Murod Yusuf / “Gazeta.uz”

Albom fotosuratchi V.Ordenning XIX asr oxirida hozirgi O‘zbekiston hududida tasvirga tushirgan va hozirda Sankt-Peterburgdagi Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan yuzlab suratlari orasidan saralab olingan va aksariyati avval namoyish etilmagan 114 ta foto asosida shakllantirilgan. Albom YUTU Sulton Abdulhamid Ikkinchi nomidagi Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi direktori, professor Ayshe Melek O‘zetgin, Kunstkamera muzeyining sobiq rahbari Yefim Rezvan, shuningdek, Aleksandr Kolesnikov, Ilyos Kamolo‘g‘li, Ayshe Ersay Yuksel tomonidan tayyorlangan.

Toshkentdagi ko‘rgazma ochilishida professor O‘zetgin ushbu suratlar O‘zbekiston tarixining turli yo‘nalishlarida madaniy va ilmiy tadqiqotlar uchun zamin yaratadigan manbaga aylanishiga umid bildirgan edi. Buning uchun Sulton Abdulhamid Ikkinchi markazi tadqiqotchilari Kunstkamera muzeyidagi asl nusxa fotosuratlardan raqamli ko‘chirma olgan. Nusxa ko‘chirish vaqtida fotosuratlarning vaqt o‘tishi bilan zarar ko‘rishi va buzilishi inobatga olinib, ranglar sinchkovlik bilan ajratilgan va takomillashtirilgan.

Chapdan ikkinchi — Ayshe Melek O‘zetgin, o‘ngdan birinchi — Turkiya elchisi Olgan BekarChapdan ikkinchi — Ayshe Melek O‘zetgin, o‘ngdan birinchi — Turkiya elchisi Olgan Bekar

Ba’zi manbalarda V.Orden, boshqalarida F.Hordet tarzida tilga olinadigan, ko‘rgazmaga qo‘yilgan fotosuratlar ostida esa odatda F.Orde tarzida imzo chekkan sirli fotograf 1885−1892-yillarda Kavkaz, Afg‘oniston, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Eron va Turkiston bo‘ylab sayohat qilib, 4 mingdan ziyod fotosurat olgan. “O‘sha davr Sharq fotografiyasida keng tarqalgan oriyentalizmga xos yondashuvdan farqli ravishda, Orden nisbatan obyektiv fotosuratlar olgan. Uning suratlarida eng ko‘zga ko‘ringan xususiyatlar — hujjatlashtirish, qayd qilish va tabiiylik edi”, — deyiladi professor Ayshe Melek O‘zetginning “XIX asrda O‘zbekiston” fotoalbomi uchun yozgan so‘zboshisida.

Toshkentdagi ko‘rgazmada “XIX asrda O‘zbekiston” fotoalbomi uchun tanlangan suratlardan 60 tasi namoyish etildi. “Gazeta.uz” ularning ayrimlarini mushtariylar e’tiboriga havola etadi.

“XIX asrda O‘zbekiston” ko‘rgazmasi

Fotosuratlar ostidagi qaydlar Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan suratlarning asl nusxasida rus tilidagi yozilgan ma’lumotlarga asoslangan holda so‘zma-so‘z tarjima qilingan.

O‘zbek ayollari. Marg‘ilon, XIX asr oxiri.O‘zbek ayollari. Marg‘ilon, XIX asr oxiri.

Turkmanlar. Xiva, XIX asr oxiri.Turkmanlar. Xiva, XIX asr oxiri.

O‘zbek ayollari. Marg‘ilon, XIX asr oxiri.O‘zbek ayollari. Marg‘ilon, XIX asr oxiri.

Turkistondagi o‘zbek ayollarining uyda va tashqarida kiygan kiyimlari. 1880-yillar.Turkistondagi o‘zbek ayollarining uyda va tashqarida kiygan kiyimlari. 1880-yillar.

Buxorolik ayol. Olot tumani, XIX asr oxiri.Buxorolik ayol. Olot tumani, XIX asr oxiri.

Choyxona. Toshkent, XIX asr oxiri.Choyxona. Toshkent, XIX asr oxiri.

Turkmanlar. Xiva, XIX asr oxiri.Turkmanlar. Xiva, XIX asr oxiri.

Kabobpazlar. O‘zbeklar. Turkiston, XIX asr oxiri.Kabobpazlar. O‘zbeklar. Turkiston, XIX asr oxiri.

Oshxona, manti. O‘zbeklar. Toshkent, XIX asr oxiri.Oshxona, manti. O‘zbeklar. Toshkent, XIX asr oxiri.

Choyxona. Xiva, XIX asr oxiri.Choyxona. Xiva, XIX asr oxiri.

Darvesh. Qo‘qon, XIX asr oxiri.Darvesh. Qo‘qon, XIX asr oxiri.

Darveshlar. Qo‘qon, XIX asr oxiri.Darveshlar. Qo‘qon, XIX asr oxiri.

Shudgorlash. O‘zbeklar. Samarqand, XIX asr oxiri.Shudgorlash. O‘zbeklar. Samarqand, XIX asr oxiri.

Qamishdan yasalgan sol. O‘zbeklar. Farg‘ona, XIX asr oxiri.Qamishdan yasalgan sol. O‘zbeklar. Farg‘ona, XIX asr oxiri.

Karvonsaroy. Buxoro, XIX asr oxiri.Karvonsaroy. Buxoro, XIX asr oxiri.

Registon maydonidagi kulolchilik buyumlari rastasi. O‘zbeklar. Samarqand, XIX asr oxiri.Registon maydonidagi kulolchilik buyumlari rastasi. O‘zbeklar. Samarqand, XIX asr oxiri.

Pichoq charxlovchi. O‘zbeklar. Samarqand, XIX asr oxiri.Pichoq charxlovchi. O‘zbeklar. Samarqand, XIX asr oxiri.

Pichoq charxlovchilar. Markaziy Osiyo, XIX asrning ikkinchi yarmi.Pichoq charxlovchilar. Markaziy Osiyo, XIX asrning ikkinchi yarmi.

Pichoq charxlovchilar. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.Pichoq charxlovchilar. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.

Kulol xonadoni. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.Kulol xonadoni. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.

Kulolchilik. O‘zbeklar. Samarqand, XIX asr oxiri.Kulolchilik. O‘zbeklar. Samarqand, XIX asr oxiri.

Yog‘ochdan taroq yasash. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.Yog‘ochdan taroq yasash. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.

Idish chegalash. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.Idish chegalash. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.

Turkistondagi turli xalqlar poyabzallari. XIX asrning ikkinchi yarmi.Turkistondagi turli xalqlar poyabzallari. XIX asrning ikkinchi yarmi.

Temirchilar. O‘zbeklar. Turkiston, XIX asr oxiri.Temirchilar. O‘zbeklar. Turkiston, XIX asr oxiri.

Yog‘ochdan yasalgan buyumlar. Buxoro, 1880−1890-yillar.Yog‘ochdan yasalgan buyumlar. Buxoro, 1880−1890-yillar.

Paxta tozalash va ip yigirish. O‘zbeklar. Turkiston, XIX asr oxiri.Paxta tozalash va ip yigirish. O‘zbeklar. Turkiston, XIX asr oxiri.

Ipakka bezak berish. O‘zbeklar. Farg‘ona, XIX asr oxiri.Ipakka bezak berish. O‘zbeklar. Farg‘ona, XIX asr oxiri.

O‘zbek bolalarining o‘yinchoqlari. Samarqand, XIX asr oxiri.O‘zbek bolalarining o‘yinchoqlari. Samarqand, XIX asr oxiri.

Buxoroliklarga xos bolalar aravachasi. Buxoro, XIX asr oxiri.Buxoroliklarga xos bolalar aravachasi. Buxoro, XIX asr oxiri.

Buxoro amiri Abdulahadxonning ukasi Mansur. Buxoro, XIX asr oxiri.Buxoro amiri Abdulahadxonning ukasi Mansur. Buxoro, XIX asr oxiri.

Buxoro qushbegisi (vazir) Islombek. Buxoro, XIX asr oxiri.Buxoro qushbegisi (vazir) Islombek. Buxoro, XIX asr oxiri.

Mirzo. Xiva, XIX asr oxiri.Mirzo. Xiva, XIX asr oxiri.

Xiva xoni Said Muhammad Rahim Bahodir. Xiva, 1880-yil.Xiva xoni Said Muhammad Rahim Bahodir. Xiva, 1880-yil.

Xivalik erkak. Buxoro, 1880−1890-yillar.Xivalik erkak. Buxoro, 1880−1890-yillar.

Buxoroliklar. Buxoro, XIX asr oxiri.Buxoroliklar. Buxoro, XIX asr oxiri.

O‘zbek ayollari. Toshkent, XIX asr oxiri.O‘zbek ayollari. Toshkent, XIX asr oxiri.

Bashang kiyingan o‘zbek. Marg‘ilon, XIX asr oxiri.Bashang kiyingan o‘zbek. Marg‘ilon, XIX asr oxiri.

Buxoro amirining o‘g‘li. Buxoro, 1880−1890-yillar.Buxoro amirining o‘g‘li. Buxoro, 1880−1890-yillar.

Parvonachi (amir farmonlarini tayyorlovchi mansabdor). Buxoro, XIX asr oxiri.Parvonachi (amir farmonlarini tayyorlovchi mansabdor). Buxoro, XIX asr oxiri.

Shahar qo‘riqchilari. Buxoro, 1880−1890-yillar.Shahar qo‘riqchilari. Buxoro, 1880−1890-yillar.

Buxoro amirligining yuqori martabali amaldorlari. Buxoro, XIX asrning ikkinchi yarmi.Buxoro amirligining yuqori martabali amaldorlari. Buxoro, XIX asrning ikkinchi yarmi.

Samarqand. Oilaviy portret. O‘zbeklar, XIX asr oxiri.Samarqand. Oilaviy portret. O‘zbeklar, XIX asr oxiri.

Diniy suhbat. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.Diniy suhbat. O‘zbeklar. XIX asr oxiri.

Buxoro aravasi. Buxoro, XIX asr oxiri.Buxoro aravasi. Buxoro, XIX asr oxiri.

Xiva aravalari. Xiva, XIX asr oxiri.Xiva aravalari. Xiva, XIX asr oxiri.

O‘zbek aravasi. Farg‘ona, XIX asr oxiri.O‘zbek aravasi. Farg‘ona, XIX asr oxiri.

Buxoro amiri va uning oti. Buxoro. XIX asr oxiri.Buxoro amiri va uning oti. Buxoro. XIX asr oxiri.

Non sotuvchilar. Turkiston, XIX asr oxiri.Non sotuvchilar. Turkiston, XIX asr oxiri.

Non sotuvchilar. Turkiston, XIX asr oxiri.Non sotuvchilar. Turkiston, XIX asr oxiri.

Andijon bozori. Farg‘ona vodiysi, XIX asr oxiri.Andijon bozori. Farg‘ona vodiysi, XIX asr oxiri.

Go‘sht rastasi. Samarqand, XIX asr oxiri.Go‘sht rastasi. Samarqand, XIX asr oxiri.

Mato sotuvchilar. O‘zbekar. Markaziy Osiyo. XIX asr oxiri.Mato sotuvchilar. O‘zbekar. Markaziy Osiyo. XIX asr oxiri.

Dorboz tomoshasi. Xiva, XIX asr oxiri.Dorboz tomoshasi. Xiva, XIX asr oxiri.

Masxarabozlar, tomosha qo‘yuvchilar. Buxoro, XIX asrning oxiri.Masxarabozlar, tomosha qo‘yuvchilar. Buxoro, XIX asrning oxiri.