Siyosat

dayjest

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi bo‘ldi

2020-yildan buyon Senat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi. Ilgari u Ukraina (o‘rindoshlik asosida Moldovada) va Fransiyada (o‘rindoshlik asosida Portugaliyada) ham elchi bo‘lib ishlagan.


Iqtisodiyot

dayjest

Bojxona to‘lovlarini to‘lashning bosh ta’minotini qo‘llash tartibi tasdiqlandi

Endi bir shaxs tomonidan ma’lum vaqt davomida bir nechta bojxona operatsiyalari amalga oshirilsa, ularni to‘lashning bosh ta’minotini taqdim etish mumkin. Bojxona qo‘mitasi arizani 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va bosh ta’minotni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.


dayjest

Dala chetidan samarali foydalangan fermerlarga imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda dala chetidan samarali foydalangan fermerlar tadbirkorlar reytingida qo‘shimcha ball olish, yer solig‘ini ikkiga bo‘lib to‘lash imkoniyati va boshqacha ko‘rinishdagi imtiyozlarga ega bo‘ladi. Har bir mahallada kamida 100 ta xonadonga limon va uzum ko‘chatlari tarqatiladi.


dayjest

O‘zbekistonda “Temiryo‘l transporti to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident “Temiryo‘l transporti to‘g‘risida"gi yangi qonunni imzoladi. Vagon operatorlari va yo‘lovchi tashuvchilar narxlarni erkin belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi (davlat tomonidan tartibga solinadigan tashuvlar bundan mustasno).


dayjest

1 bankdan 5 tagacha, jami 20 tagacha: MB bir kishiga beriladigan kartalar sonini cheklash rejasiga izoh berdi

Markaziy bank shubhali operatsiyalarning oldini olish uchun bir shaxsga beriladigan kartalar sonini vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilash masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Tarmoqlarda 1 kishiga 1 ta karta berilishi haqida tarqalgan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.


dayjest

O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov mamlakat tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaganini ma’lum qildi. “22 ta mamlakat bilan muzokaralar tugadi, ko‘p qolmadi”, — deb yozdi u. Avvalroq mamlakat AQSh bilan muzokaralarni yakunlagandi.


dayjest

Ijtimoiy xarajatlardan tejash va “boshqa xarajatlar"ga ko‘proq mablag‘. Toshkent shahrining birinchi yarim yillik uchun budjeti

Toshkent shahar hokimligi 1-yarim yillikda ijtimoiy soha, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlashga rejalashtirilganidan kam mablag‘ ajratdi. Maktab va shifoxonalardagi qurilish-ta'mirlash ishlariga ham kamroq mablag‘ yo‘naltirildi. Shu bilan birga, davlat apparatini moliyalashtirish va “boshqa xarajatlar” ko‘paydi.


dayjest

Buxoroda hokimlar va ularning o‘rinbosarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi

Prezident Buxoro hokimining hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejalaridan qoniqmadi va investitsiya, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish sohalarini yaxshilash kerakligini aytdi. Viloyatdagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tib, shu uchta yo‘nalish ustida ishlaydi.


Jamiyat

dayjest

Dekabrda o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda? O‘zgidromet sharhi

O‘zbekistonda dekabr oyining birinchi o‘n kunligi asosan quruq ob-havo bilan o‘tadi. 9−10-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Oy davomida harorat kechalari 0…-17, kunduz kunlari 0…+15 darajagacha o‘zgarib turadi. O‘zgidromet sharhi.


dayjest

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Harorat +3…+8 darajagacha pasayadi.


dayjest

Bloger Farhod Mannopov o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokorlarga sud hukmi o‘qildi

Bloger Farhod Mannopovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Marhumga xizmat ko‘rsatgan Star Med Center’ning ikki shifokori kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaganlikda aybdor deb topildi. Ularga muayyan huquqdan mahrum qilib 5 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.


dayjest

Yog‘och uylarda yashovchi aholiga tekinga tayyor yangi xonadon taqdim etiladi — tuman hokimi va Tashkent Invest boshqaruv raisi

Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarda yashovchi 4300 ta xonadon 2−3 yildan so‘ng investorning o‘zi moliyalashtiradigan “Yangi mahalla” turar-joy majmuasiga ko‘chiriladi. Ularga tekinga tayyor yangi uy beriladi. Umumiy 13 392 ta xonadonga mo‘ljallangan yangi majmuaning qolgan qismida sotiladigan uylar bo‘ladi. Batafsil.


dayjest

Shveysariyada Lombard Odier banki Gulnora Karimova ishi bo‘yicha pul yuvishda ayblanmoqda

Shveysariya prokuraturasi Lombard Odier xususiy banki va uning sobiq xodimini jinoiy daromadlarni yuvishda ayblamoqda. Ular Gulnora Karimovaning jinoiy faoliyatini yashirishga yordam berishda “hal qiluvchi rol” o‘ynagani ta’kidlanyapti.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (30 noyabr va 1 dekabr)

“Uch qahramon”, “Moana 2” va oltita kinopremyera, Humo Fest 2.0 konserti, spektakllar, sirk tomoshalari, ko’rgazmalar, bolalar uchun tadbirlar, do’konlardagi chegirmalar — umumiy qilib aytganda, kuzning so’nggi va qishning birinchi kunidagi barcha ko’ngilochar tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida oraliq masofaga amal qilmaslik oqibatida 5 ta mashina ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. YTHda hech kim jarohat olmadi.


dayjest

Toshkent viloyatida o‘qituvchi maktab bolasini kaltakladi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktabda informatika o‘qituvchisi qo‘shimcha dars vaqtida 15 yoshli o‘quvchini kaltakladi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda.


dayjest

Toshkent aeroportida aldov orqali 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 22 yoshli ayol o‘ziga tanish qizga mo‘may daromadli ish topib berishni va’da qilib, Turkiyaga fohishalikka yuborayotgani aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi.


dayjest

Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi

Buxoro viloyati Kogon tumanida issiqxona mas’ullari gaz quvuriga yashirincha ulanib, 8,85 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Daliliy ashyolar va hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.


dayjest

Toshkentda 3 yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgan erkak 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Toshkent shahrida o‘zi bilan birga yashab kelayotgan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqlab o‘ldirgan erkak 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.


dayjest

O‘zbekiston hali ham yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda — Senat qo‘mitalari

Senat qo‘mitalarining qo‘shma majlisida O‘zbekistondagi yod tanqisligi bo‘yicha holat tahlil qilindi. Qayd etilishicha, mamlakat hali ham yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda. Tuz ishlab chiqaruvchi korxonalardan olingan namunalarning 25 foizida yod miqdori talabga javob bermasligi aniqlangan.


dayjest

“Ular orasida kreativ yigit-qizlar ko‘p”. Nogironligi bor yoshlar uchun tashkil etilgan ijodiy kurslar sarhisobi

“Sharoit Plyus” tashkiloti nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun fotografiya, SMM, videomontaj kabi kreativ industriya yo‘nalishlarida o‘quv kurslari ochdi, chunki “nodavlat ta’lim muassasalarida sharoit yo‘q va o‘qish qimmat”. Har bir kursda 10 kishidan o‘qidi. Ularning ayrimlari allaqachon o‘z ishini ham topib bo‘lgan.


dayjest

Xorazmda bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m kredit ajratib berishni aytgan shaxslar ushlandi

Xorazm viloyatida 110 ming dollar, Toshkentda 5 ming dollar olayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Ular bankdagi tanishlari orqali katta miqdorda kredit ajratib berishni va’da qilgan. Jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.


dayjest

Andijonda niqobli shaxslar yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinaga tosh otib hujum qildi

Andijonda mashinasining davlat raqamini yechib olgan bir guruh niqobli shaxslar yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinaga tosh otib, haydovchining pullarini o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Jabrlanuvchi qochishga muvaffaq bo‘ldi va jinoyat oxiriga yetmadi. Holat yuzasidan bosqinchilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Jahon

dayjest

Halok bo‘lgan 502 nafar harbiyning jasadi Ukrainaga qaytarildi

Repatriatsiya tadbirlari natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining urushda halok bo‘lgan 502 nafar harbiy xizmatchisining jasadi ortga qaytarildi. Kiyev esa 52 nafar rossiyalik harbiyning jasadini qaytargani xabar qilindi.


dayjest

Gruziyada YeIga a’zolik bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgani munosabati bilan norozilik namoyishlari bo‘ldi. Tafsilotlar

Gruziya bosh vaziri 2028-yilgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralardan voz kechilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Tbilisida bir necha ming kishi yig‘ildi. Namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi. Prezident Salome Zurabishvili ham namoyishga qo‘shildi. Jarayon davomida 43 kishi qo‘lga olindi.


dayjest

Qozog‘istonda tenge qadrsizlanishi fonida 2022-yildan beri ilk bor asosiy stavka oshirildi

Qozog‘iston Milliy banki tenge kursining keskin tushishi sababli asosiy foiz stavkasini 14,25 foizdan 15,25 foizgacha ko‘tarishga qaror qildi. Shuningdek, inflatsiya va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha bashoratlar salbiy tomonga o‘zgartirildi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!