Toshkent viloyati IIBB va DXX Ohangaron shahri xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir shaxs odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi, deb xabar bermoqda boshqarma axborot xizmati.

Ohangaron shahrida yashovchi H.T. ismli ayol (2002-yilda tug‘ilgan) oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan Z.O.ni (2004-yilda tug‘ilgan) aldab, ko‘p daromad topishga ishontirgan. U qizni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, uni Istanbulda Turkiya fuqarolari kutib olishi zarur bo‘lgan.

odam savdosi, туркияга юбориш, fohishalik

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.