3-oktabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi shahar mahalliy budjetining 2024-yil birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha ijrosi yuzasidan hisobotni e’lon qildi. “Gazeta.uz” hujjatni o‘rganib chiqdi.
Olti oy ichida poytaxt iqtisodiyoti (yalpi hududiy mahsulot) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10.2 foizga o‘sib, 107,7 trln so‘m yoki 8,5 mlrd dollarga yetdi. Xizmat ko‘rsatish sohasining YAHMdagi ulushi 62,2 foizga (2023-yilning birinchi yarmida 61,1 foizni tashkil etgan), sanoatniki 29,6 foizga (22,4 foiz), qurilishniki 8,2 foizga (9,2 foiz) yetdi.
Xizmatlar hajmi 17,1 foizga oshib, 114,4 trln so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning katta ulushi Olmazor (18,5 foiz), Yakkasaroy (18,2 foiz), Mirzo Ulug‘bek (18 foiz) va Yangihayot (17,7 foiz) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,6 foizga oshib, 68,9 trln so‘mni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy qismi Yashnobod (21 foiz), Sergeli (11,6 foiz) va Chilonzor (8,7 foiz) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Qurilish ishlari hajmi 19,3 trln so‘mga yetdi.
Toshkent shahrining umumiy respublika budjeti 19,35 trln so‘mni tashkil etdi, bu prognozga nisbatan 2 foizga ko‘p hisoblanadi. Respublika budjetining orttirib bajarilgan qismidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga 25,6 mlrd so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.
Respublika budjetining Toshkent shahri bo‘yicha yanvar-iyun oylaridagi daromadlari 15,8 trln so‘mni tashkil etdi va bu prognoz qilingan ko‘rsatkichdan 3 foizga ko‘p.
Toshkentning mahalliy budjetlari daromadlari 4 trln 930 mln so‘mni tashkil etdi, bu prognozga nisbatan 7 foizga ko‘p. Ayni vaqtda aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar prognozga nisbatan 3 foizga kam bo‘ldi — 432 mlrd so‘m (443 mlrd so‘m o‘rniga). Daromad solig‘idan 373 mlrd so‘m (-2 foiz), yig‘imlardan 141 mlrd so‘m (-18 foiz), dividendlardan — 107 mlrd so‘m tushum qayd etildi (-11 foiz).
Shu bilan birga, daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 818 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu prognozga nisbatan 29 foizga ko‘p. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘idan 842 mlrd so‘m (+3 foiz), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan 484 mlrd so‘m (+8 foiz), jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘idan 279 mlrd so‘m (+18 foiz), yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlaridan olinadigan soliqdan 69 mlrd so‘m (+4 foiz), davlat bojidan 306 mlrd so‘m (+16 foiz) va boshqa daromadlardan 242 mlrd so‘m (+27 foiz) tushum qayd etildi.
№ | Xarajatlar yo‘nalishi | Reja | Ijro | Necha foizga bajarilgani |
I | Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash | 2464.30 | 2390.4 | 97% |
1 | Maorif | 515.6 | 476.3 | 92% |
1.1 | — Maktabgacha ta’lim | 161.4 | 150.2 | 93% |
1.2 | — Umumiy ta’lim | 292.4 | 273.5 | 94% |
1.3 | — Kadrlar tayyorlash | 61.8 | 52.6 | 85% |
2 | Sog‘liqni saqlash | 1053.1 | 1047.5 | 99% |
3 | Madaniyat va sport | 152.4 | 131.1 | 86% |
3.1 | — Madaniyat | 66.1 | 54.5 | 82% |
3.2 | — Sport | 86.3 | 76.6 | 89% |
4 | Fan | 1.3 | 1.2 | 90% |
5 | Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi | 0.5 | 0.1 | 18% |
6 | Davlat mukofotlari | 4.5 | 1.2 | 28% |
7 | Pensionerlar uchun metroda bepul harakatlanish xarajatlari | 293 | 289.6 | 99% |
8 | Jamoat transporti uchun subsidiyalar | 406.2 | 405.8 | 100% |
9 | Davlat organlari yoki ularning mansabdorlarining noqonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zararni qoplash | 35 | 35 | 100% |
10 | Chernobil falokatini bartaraf etishda qatnashganlarni ijtimoiy himoya qilish | 0 | 0 | 0% |
11 | Ijtimoiy ko‘nikma markazlari | 2.7 | 2.5 | 95% |
II | Iqtisodiyot (obodonlashtirish) | 1929.20 | 1872.5 | 97% |
III | Markazlashtirilgan investitsiyalar | 223.2 | 158.6 | 71% |
IV | Davlat boshqaruv organlarini saqlash | 360.1 | 364.1 | 101% |
V | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash | 2.9 | 2.9 | 100% |
VI | Zaxira jamg‘armasi | 93.5 | 65.8 | 70% |
VII | Boshqa xarajatlar | 1262 | 1324.8 | 105% |
JAMI XARAJATLAR | 6335.2 | 6179 | 98% |
Mahalliy budjet xarajatlari 6,18 trln so‘mni (prognozdan 2,5 foizga kam) tashkil etdi, shundan 2,39 trln so‘mi (barcha xarajatlarning 38,9 foizi) ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirildi, bu 2023-yilning birinchi yarmiga nisbatan 17,1 foizga ko‘proq (2,04 trln so‘m). Shunga qaramay, bu yo‘nalishdagi xarajatlarga rejalashtirilgan prognozdagidan 73,9 mlrd so‘m (-3 foiz) kamroq pul sarflandi.
Jumladan, ta’lim sohasiga yil boshida rejalashtirilganidan 39,3 mlrd so‘m kamroq — 476,3 mlrd so‘m (-7,6 foiz) yo‘naltirildi:
- maktabgacha ta’lim — 150,2 mlrd so‘m (-11,2 mlrd so‘m yoki -6,9 foiz);
- umumiy ta’lim — 273,5 mlrd so‘m (-18,9 mlrd so‘m yoki -6,5 foiz);
- kadrlar tayyorlash — 52,6 mlrd so‘m (-9,2 mlrd so‘m yoki -14,9 foiz).
Hisobotda 4 ta maktabni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan 34 mlrd so‘m ajratilgani qayd etilgan. Bu 2023-yilning birinchi yarmida shu kabi ishlar uchun ajratilgan mablag‘dan uch baravar kam. O‘shanda maktablarni qurish va ta’mirlash ishlariga 107,1 mlrd so‘m ajratilgandi (bu ham rejalashtirilgan ko‘rsatkichdan 21 foizga kam bo‘lgan).
Birinchi yarim yillikda 5 ta tibbiyot muassasasidagi qurilish-ta’mirlash ishlariga 14,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. O‘tgan yilning shu davrida bu ishlar uchun 6 ta tibbiyot muassasasi va tibbiy-ijtimoiy muassasasiga 49,9 mlrd so‘m (3,5 barobar ko‘p) mablag‘ ajratilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlari prognozi deyarli to‘liq (99 foiz) bajarilgan — 1,05 trln so‘m.
Madaniyat va sport sohasiga 131,1 mlrd so‘m yoki prognozga nisbatan 21,3 mlrd so‘m yoki 14 foizga kam mablag‘ ajratildi.
Pensionerlarning metropolitenda bepul harakatlanishi uchun 289,6 mlrd so‘m, jamoat transportiga subsidiyalar uchun 405,8 mlrd so‘m ajratildi.
Obodonlashtirishga xarajatlar 1,87 trln so‘mni tashkil etib, rejalashtirilganidan 56,7 mlrd so‘mga yoki 3 foizga kamroq bo‘ldi.
Shu bilan birga, davlat organlarini saqlash 4 mlrd so‘mdan ko‘proqqa tushdi — prognozda 364,1 mlrd so‘m (+1 foiz) edi.
Qanday xarajatlar ekaniga aniqlik kiritilmagan “boshqa xarajatlar” bandi 62,8 mlrd so‘mga — 1,32 trln so‘mgacha (+5 foiz) oshdi.
Qo‘shimcha manbalar hisobidan xarajatlar (mlrd so‘m)
№ | Xarajat bandi | Ijrosi |
I | Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — jami | 29 |
1 | Maorif | 13,1 |
2 | Maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnik jihozlash | 1,2 |
3 | Umumta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnik jihozlash | 11,9 |
4 | Sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnik jihozlash | 0,9 |
5 | Madaniyat va sport | 14,4 |
6 | Madaniyat muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnik jihozlash | 6,7 |
7 | Sport muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnik jihozlash | 7,7 |
8 | Toshkent metrosida pensionerlarni tashish uchun kompensatsiya | 0,2 |
9 | Ijtimoiy moslashuv markazlari | 0,4 |
II | Iqtisodiy xarajatlar | 23,6 |
1 | Toshkent shahridagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari | 23,6 |
III | Markazlashtirilgan investitsiyalar | 43,4 |
1 | Markazlashtirilgan investitsiyalar | 16,5 |
2 | Toshkent shahridagi obyektlarni ta’mirlash va qurish | 4,2 |
3 | Mahalla budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qurilish | 22,6 |
IV | Davlat organlarini saqlash (moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish) | 107,7 |
V | Boshqa xarajatlar | 670 |
1 | Ichki ishlar organlarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish | 0,6 |
2 | Mudofaa boshqarmasi va bo‘limlarini saqlash xarajatlari | 7,3 |
3 | Open Budget loyihasi | 75,2 |
4 | Toshkent shahri mahalliy budjetiga respublika budjetidan jalb qilingan ssudalarni qaytarish | 404,4 |
5 | Hokimlik qoshidagi “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar | 8,1 |
6 | Boshqa muassasalar va tadbirlarni mahalliy budjet hisobidan moliyalashtirish | 172,9 |
7 | Toshkent shahrida ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash xarajatlari | 1,5 |
UMUMIY XARAJATLAR | 873,5 |
Kengash mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan yanvar-iyun oylarida qilingan xarajatlarni ham e’lon qildi.
Bolalar bog‘chalarini ta’mirlash va ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘m, maktablarga 11,9 mlrd so‘m, tibbiyot muassasalariga 0,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qo‘shimcha 23.6 mlrd so‘m, davlat apparatini saqlash xarajatlari uchun 107,7 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
“Boshqa xarajatlar”ga qo‘shimcha 670 mlrd so‘m yo‘naltirildi, shu jumladan, respublika budjetiga ilgari jalb qilingan ssudani qaytarish uchun 404,4 mlrd so‘m, shuningdek, boshqa muassasa va tadbirlarni moliyalashtirish uchun 172,9 mlrd so‘m sarflandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning olti oyi yakuni bo‘yicha hokimlik obodonlashtirish ishlariga rejalashtirilgan 572 mlrd so‘m (+37 foiz) o‘rniga 784 mlrd so‘m sarflagandi. 2023-yilning 1-yarim yilligida bu xarajatlar 456.1 mlrd so‘mgacha (-160,7 mlrd co‘m, -26 foiz) qisqardi. Shu bilan birga, oshkor etilmaydigan, 293.6 mlrd so‘m sarflangan (rejaga nisbatan 99.3 mlrd so‘m ko‘p, +51 foiz) “boshqa xarajatlar”dan mablag‘ tejalmagan. O‘shanda davlat organlariga (247 mlrd so‘m, +11,9 mlrd so‘m yoki +5 foiz), mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga (92,2 mlrd so‘m, +20,6 mlrd yoki +29 foiz) va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qurilish ishlariga (134,5 mlrd so‘m, +35,2 mlrd so‘m yoki +35 foiz) xarajatlar ham oshgan.