2-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida BMT Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) tomonlar konferensiyasining 16-sessiyasi (COP16) boshlandi, deya xabar bermoqda unda qatnashayotgan “Gazeta.uz” muxbiri.

“Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz” shiori ostidagi tadbirda 196 mamlakat, xususan, O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi ekspertlari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

COP16 doirasida davlat rahbarlari, vazirlar, mutaxassislar va xususiy sektorlar vakillari global va mintaqaviy darajada cho‘llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg‘oqchilik muammolariga e’tibor qaratadi.

Tadbirda O‘zbekistondan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Nodirjon Turg‘unovlar qatnashmoqda.

Konferensiya davomida O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan Chang va qum bo‘ronlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

UNCCD ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoning 40 foizga yaqin yeri degradatsiyaga uchragan, bu 3,2 mlrd insonga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Qurg‘oqchilik darajasi 2000-yildan buyon 29 foizga oshgan va 2050-yilga kelib dunyo aholisining 4/3 qismi ushbu muammoga duchor bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, har yili kamida 100 mln gektar sog‘lom, unumdor yerlar yo‘qotilmoqda. Qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotganlarning 85 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Agar vaziyat shunday davom etsa, 2030-yilgacha yer degradatsiyasidan xoli dunyoga erishish uchun 1,5 mlrd gektar yerni qayta tiklash kerak bo‘ladi.

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

Konferensiya doirasida har bir davlatning alohida pavilonlari tashkil etilgan bo‘lib, u yerda O‘zbekiston uchun ham joy ajratilgan.

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

cop16, unccd, ар-риёд, бмт, cho‘llanish, ekologiya, qurg‘oqchilik

Konferensiya 13-dekabrga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi (UNCCD) 1992-yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Yer sammitida ishlab chiqilgan uchta konvensiyadan biridir. BMT bosh assambleyasi konvensiyani 1994-yilda ta’sis etgan.

U atrof-muhit va rivojlanishni yerdan barqaror foydalanish bilan bog‘laydigan yagona qonuniy kuchga ega xalqaro shartnomadir. UNCCD`ning 197 tomoni (cho‘llanishdan jabrlangan 169 tomon) yer unumdorligini saqlash va tiklash hamda eng zaif ekotizimlar joylashgan qurg‘oqchil, yarim qurg‘oqchil va quruq subnam hududlarda qurg‘oqchilik oqibatlarini yumshatish uchun birgalikda ishlaydi.

O‘zbekiston 2023-yilning 13−17-noyabr kunlari BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasiga mezbonlik qilgandi.