Siyosat

dayjest

Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi

Oktabr oyida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi. U vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


dayjest

Organ xodimlariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.


dayjest

Foto: Saudiya Arabistonida BMTning cho‘llanishga qarshi konferensiyasi boshlandi

Ar-Riyod shahrida BMT Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi tomonlar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston ham ishtirok etayotgan tadbirda cho‘llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg‘oqchilik muammolariga e’tibor qaratiladi. Fotoreportaj.


Iqtisodiyot

dayjest

Noyabrda inflyatsiya: propan yana 11,1% qimmatladi, benzin — 4,7%, kartoshka — 10,1%

Noyabrda inflyatsiya darajasi 0,93% — 2011-yildan buyon ushbu oydagi eng past ko‘rsatkichni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya 10% gacha sekinlashdi. Oy davomida go‘sht narxi 0,3−1,2% oshdi, tuxum — 3,3%, yog‘ — 2,5%, kartoshka -10,1%, pomidor — 72%. Propan narxi 11,1%, benzinniki 4,7% qimmatladi.


dayjest

O‘zbekiston JST bo‘yicha Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Filippin so‘nggi ikki oy ichida Toshkent muzokaralarni yakunlagan to‘rtta davlatdan biriga aylandi, dedi prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 2−8-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonga yaqinlashib kelayotgan antitsiklon sabab ish kunlari havo sovuq va quruq bo‘ladi. Bu mamlakat energetikasiga yuklama ortishiga, shuningdek, Toshkent havosining sezilarli ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shanba kuni tog‘larda, yakshanbada esa asosiy aholi yashovchi hududlarda qor yog‘ishi kutilyapti.


dayjest

O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura O‘zbekistonda o‘tgan 10 oy ichida ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganini aniqladi. Bundan tashqari, kredit mablag‘larining 2,5 trln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


dayjest

Buxoro viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi

Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi.


dayjest

Hafta davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ish haftasi davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +5…+10 darajagacha ilishi, kechasi -3 darajagacha sovishi mumkin.


dayjest

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati keltirilgan.


dayjest

Davlat xaridlari endilikda ikki bosqichda o‘tkaziladi

Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartibi va ikki bosqichli davlat xaridlari tushunchalari kiritilmoqda. Endi bir nechta davlat buyurtmachilari bir xil turdagi tovarlarni markazlashtirilgan organ orqali xarid qilishi mumkin.


dayjest

Hunarmandchilikni o‘rganish Qashqadaryodagi qishloq ayollari hayotini qanchalik o‘zgartirdi?

“Ma'rifat maskani” va USAID loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida 300 dan ortiq xotin-qiz gilam to‘qish, kigiz bosish, bosma" usulida kashta tikish va onlayn tijorat asoslarini o‘rgandi. “Gazeta.uz” yangi ko‘nikmalar qishloq ayollarining hayotini qanday o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.


dayjest

Toshkentda tashqi reklama uchun dizayn-kod qanday ishlab chiqildi?

Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan ishlab chiqilgan tashqi reklama dizayn-kodi 1-avgustdan kuchga kirdi. Bunday namunaviy to‘plam birinchi marta me’yoriy hujjat sifatida qabul qilindi. “Gazeta.uz” poytaxt hokimi o‘rinbosari, RRD rahbari Aleksey Xen bilan birgalikda hujjatni tahlil qildi.


Sport

dayjest

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi

Osiyo Olimpiya kengashi 2025-yili O‘zbekistonda o‘tishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari, sport inshootlari tayyor emasligi sabab, bekor qilinganini e’lon qildi. Mazkur turnir uchun O‘zbekiston 289 mln dollar qiymatidagi Olimpiya shaharchasini qurayotgan edi. Musobaqa endi Bahraynda o‘tkaziladi.


Jahon

dayjest

Jo Bayden o‘g‘li Hanterni afv etdi

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanter Baydenni “sodir etgan yoki sodir etgan bo‘lishi mumkin” bo‘lgan jinoyatlari uchun afv etdi. Kichik Bayden soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, qalbaki soliq deklaratsiyasini taqdim etish, noqonuniy qurol saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan.


dayjest

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun kuchlari yetarli emasligini aytdi. U Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini bildirdi.


dayjest

Gruziyada namoyishlar davom etmoqda, 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Gruziyada 5 kundan beri hukumatning YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Politsiya suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar qurib, mushak otmoqda. Bunda jami 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!