2−6-dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-dekabr kuni faqat Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida asosan qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

Havo harorati kechasi −2…+3, kunduzi +5…+10 darajagacha iliq bo‘lishi, shimoliy hududlarda kechasi −8…−3 darajagacha sovishi, kunduzi 0…+5 darajagacha ilishi kutilmoqda.

Mamlakatning ayrim hududlarida tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida ish haftasi davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi −1…+1 daraja iliq, kunduzi 6…+9 daraja iliq bo‘ladi.