O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha global indeksda Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi, dunyoda esa 33-o‘rinni egallab turibdi. Bu RISE Research kompaniyasi tomonidan Freedom Horizons bilan hamkorlikda KPMG Caucasus and Central Asia, Heemera, “Astana” xalqaro moliya markazi, Qozog‘iston Milliy to‘lov korporatsiyasi va Mastercard ishtirokida o‘tkazilgan raqamli moliyaviy aktivlar (RMA) bozorini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqadi.

Manba: Crypto Adoption Index Report, Chainalysis; Triple-A; ILMA.Manba: Crypto Adoption Index Report, Chainalysis; Triple-A; ILMA.

Manba: The 2024 Global Crypto Adoption Index, Chainalysis.Manba: The 2024 Global Crypto Adoption Index, Chainalysis.

Global kriptovalyutani qabul qilish indeksi turli mamlakatlarda kriptovalyutalarni qabul qilish darajasini baholash uchun mo‘ljallangan ko‘rsatkich sanaladi. Indeks aholi va korxonalar kriptovalyutalardan kundalik operatsiyalar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy maqsadlarda qanchalik faol foydalanayotganini tushunishga yordam beradi. Indeks turli omillar tahliliga asoslanadi va mamlakatlarning kriptovalyuta iqtisodiyotidagi ishtirokini qiyosiy aks ettirish uchun tuziladi.

Tadqiqotda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston yosh, texnologik jihatdan savodxonligi yuqori aholi ulushi ortib borayotgani evaziga markazlashmagan moliya (DeFi)ni qabul qilish bo‘yicha global reytingda sezilarli o‘sishni qayd etmoqda.

2023-yilda O‘zbekistonda 512,3 ming fuqaro kriptoaktivlarga egalik qilgan, bu esa umumiy aholining 1,46 foizini tashkil etadi.

илма, kriptoaktivlar, kriptoaktivlarni qabul qilish indeksi, kriptovalyutaлар

2024-yil oktabr oyi holatiga ko‘ra, mamlakatdagi kriptosanoatda 15 ta litsenziyaga ega xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar — 2 kriptobirja, 3 kripto depozitariy va 10 kriptodo‘kon mavjud bo‘lgan. Ularning aylanmasi 1 mlrd dollardan oshgan, 2022-yildan buyon davlat budjetiga tushumlar hajmi esa 3,6 mln dollardan ko‘proqni tashkil etgan.

O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlarga faqat mamlakatda litsenziyalangan provayderlar orqali egalik qilishi mumkin. Kriptoaktivlar bilan operatsiyalar soliqdan ozod qilingan, provayderlar esa valyuta nazorati ostiga tushmaydi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA — bozor regulyatori) ishtirokchilarga soliq bo‘yicha va boshqa imtiyozlarni taqdim etib, yangi blokcheyn texnologiyalarini sinab ko‘rish uchun regulyator qumdonini yaratdi. Ayni paytda alohida rejimda to‘rtta loyihani amalga oshiruvchi uchta tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Xususan, Uzinfocom integratori “.uz” domen zonasida NFT sertifikatlarini joriy etish ustida ishlamoqda, shuningdek, Token.uz — universal, bo‘lingan ma’lumotlar reyestrini ishlab chiqmoqda. Octobank Mastersard bilan hamkorlikda karta mahsuloti va virtual bank kartasi sanaluvchi Srypto Sard-UzNEX`ni ishlab chiqmoqda.

Heemera 142 mamlakatdagi hamkorlar tarmog‘i, sun’iy intellekt va mashinaviy ta’limdan kriptoaktivlarni kuzatish, qaytarish va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar komplayensi uchun yechimlar ishlab chiqishda foydalanmoqda.

Mart oyida sohadagi eng yirik kompaniyalardan biri Tether ILMA bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. U steyblkoinlarni (stablecoins) chiqaradi. Steyblkoinlar kriptovalyuta tokenlari bo‘lib, ularning kursi boshqa aktivlarga, masalan, dollar, yevro yoki oltin unsiyasiga bog‘langan bo‘ladi. Ulardan eng kattasi va eng mashhuri Tether USD (USDT) sanaladi. 2024-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, USDT uchinchi eng yirik kriptoaktiv hisoblanadi (Bitkoin va Ethereum`dan keyin).

“O‘zbekistonda kriptoaktivlarni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratilmoqda, biz bunda regulyatorning katta rolini ko‘ryapmiz… Kriptoaktivlar va blokcheyn texnologiyalari sezilarli iqtisodiy o‘sishga olib kelishga qodir, ular moliyaviy xizmatlarning moslashuvchanligi va qulayligini oshiradi. Agar bugungi kundagi an’anaviy moliyaviy vositalarga muqobil vositalar paydo bo‘lsa, bozor ishtirokchilari hozirgidan ko‘proq resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Mastercard`ning O‘zbekistondagi bosh direktori Denis Filippov.

Tadqiqotning to‘liq versiyasi rus va ingliz tillarida mavjud.

Avvalroq, ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak Spot nashriga bergan intervyusida mahalliy kripto bozorining hozirgi holati, qonuniy kriptovalyuta mayningidagi qiyinchiliklar, kriptoaktivlar bilan xorijiy platformalarda savdo qilishga taqiq, shuningdek, O‘zbekistonda raqamli valyuta yaratish istiqbollari haqida gapirib o‘tgandi.