Iqtisodiyot

dayjest

“Qo‘rqish noo‘rin” — Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi haqida

Tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistondagi aksar korxonalar JST talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi. “Katta bir zarar yoki qo‘rqinchli hodisa yuz beradi deb o‘ylamayman”, dedi u.


dayjest

“Aylanma 1 mlrd dollardan oshadi”. O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

RISE Research tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha global indeksda Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2023-yili yarim mln fuqaro kriptoaktivlarga egalik qilgan, kriptoindustriyadagi provayderlarning aylanmasi esa mlrd dollardan oshgan.


dayjest

“Maktab darsliklarining ijara to‘lovlari masalasini qayta ko‘rib chiqish kerak” — deputat Alisher Qodirov

Deputat Alisher Qodirov maktab darsliklarining ijara to‘lovini joriy etish masalasini qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytdi. U, shuningdek, o‘qituvchilarning maoshlarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi: “Yaxshi o‘qituvchilar ko‘proq, yomon ishlayotganlar esa kamroq oladigan raqobatli tizim yarataylik”, — dedi u.


dayjest

O‘zbekistonda energiya resurslarini behuda sarflashga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda

Toshkentda elektr energiyasi behuda sarflanishiga qarshi reydlar amalga oshirilmoqda. Prokurorlar tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzib, ularni jarima va elektr tarmog‘idan uzish ehtimolidan ogohlantirmoqda.


dayjest

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonga 9 mln yevro grant ajratadi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati yashil master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonga 9 mln yevro miqdorida grant ajratadi. Bu bo‘yicha mamlakat Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda jamiyat o‘rtasida kelishuv imzolandi.


dayjest

Yandex Go Navoiyda ish boshladi

Navoiy shahrida Yandex Go taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi. Safarlarning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi.


Jamiyat

dayjest

“Bizga terroristga qaragandek muomala qilishdi” — Abu-Dabi aeroportida ushlab turilgan o‘zbekistonliklar

Abu-Dabiga uchib borgach, BAAga kiritilmagan o‘zbekistonlik erkaklarning yana bir necha nafari Toshkentga qaytib keldi. Ularning ba’zilari Abu-Dabi aeroportida boshdan kechirganlari haqida “Gazeta.uz"ga aytib berdi. Huquqlari poymol bo‘lgan fuqarolar ushbu holat yuzasidan BAA elchixonasiga shikoyat qilmoqchi.


dayjest

Samarqanddagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz bo‘g‘ma ilon tomoshalari o‘tkazilgani aniqlandi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ikki nafar fuqaro tegishli ruxsatnoma va hujjatlari bo‘lmay turib maktab va bog‘chalarda jami 900 ga yaqin bolaga Qizil kitobga kiritilgan bo‘g‘ma ilon tomoshasi o‘tkazgani aniqlandi. Ilon olib qo‘yildi, tekshiruv harakatlari boshlandi.


dayjest

Surxondaryolik Dilorom Yo‘ldosheva BBC tuzgan dunyoning ruhlantiruvchi 100 ayoli ro‘yxatiga kirdi

BBC 2024-yilgi dunyoning eng ruhlantiruvchi va katta ta’sirga ega 100 ayoli ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Nobel sovrindori, zo‘ravonlikka qarshi faol, aktrisa, olimpiyachilar va denovlik tikuvchi, tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva ham bor.


dayjest

Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yildi

3-dekabrdan Toshkent — Xo‘jakent — Toshkent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd ish boshlaydi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” qatnov jadvali va narxlari haqida ma’lumot berdi.


dayjest

O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi o‘z ishini boshladi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘z ishini boshladi. Bu haqdagi bitim COP16 konferensiyasi doirasida imzolandi. Hujjat fevral oyida ochilgan ofis faoliyati uchun huquqiy asos hisoblanadi hamda davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi.


dayjest

O‘zbekiston 2030-yilgacha 2 mln gektardan ortiq degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashi kerak

O‘zbekiston besh yilda 2 mln gektardan ortiq degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashi kerak, deya ta’kidladi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Uning aytishicha, bunday loyihalar katta moliyaviy resurslar talab qiladi. Vazir COP16 doirasida xalqaro moliyalashtirishni osonlashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.


dayjest

Buxoro shahrining tarixiy qismida skuter va mopedlar harakati taqiqlandi

Buxoroning tarixiy qismida skuterlar, mopedlar, velosipedlar va boshqa shaxsiy harakatlanish vositalarida harakatlanish endi ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tegishli hududlarga yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda.


dayjest

Issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi qozonxonalar uchun gaz narxlari pasaytirildi

Tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondidagi, yuridik shaxslar yotoqxonalaridagi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi pasaytirildi.


dayjest

Toshkent aeroportida — tuman, samolyotlar muqobil aerodromlarga yuborilmoqda

Tuman tufayli “Toshkent” xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilishda cheklovlar joriy etildi. To‘rtta samolyot Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi, yana biri — Buxoroga.


Madaniyat

dayjest

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil noyabrida: AQShdagi saylov, Qatardagi mag‘lubiyat, dekabr havosi va zumerlar nima deydi?

“Gazeta.uz” YouTube’da o‘zbekistonliklar tayyorlagan kontent sarhisobini yuritishda davom etadi. Noyabrdagi ko‘plab o‘zbekcha podkastlarda AQShdagi prezident saylovi asosiy mavzu bo‘ldi. O‘zbek futbolchilarining Qatardagi mag‘lubiyati hissiyotlarga boy kontentni ko‘paytirdi. Zumerlarga mikrofon tutildi.


Jahon

dayjest

Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat e’lon qildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol konstitutsiyaviy tartibni “kommunistik kuchlar"dan himoya qilish uchun harbiy holat e’lon qildi. U bunday chorani muxolifatning harakatlari tufayli qo‘llaganini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat mamlakatni inqirozga olib kirmoqchi.


dayjest

“Qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz”. Germaniya kanslerining Ukrainaga tashrifida nimalar muhokama qilindi?

Germaniya kansleri Olaf Shols 2,5 yil ichida Ukrainaga qilgan ilk tashrifi chog‘ida mamlakatga 650 mln yevrolik qo‘shimcha harbiy yordam yetkazib berilishini e’lon qildi. Shuningdek, Kiyevdan Putinga murojaat qilib, Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi susaymasligini ta’kidladi.


dayjest

NATO a’zolari orasida Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lish taklifi bo‘yicha “konsensus yo‘q” — Reuters

NATO a’zolari orasida Ukrainani ittifoqqa taklif qilish uchun zarur bo‘lgan “konsensus belgilari yo‘q”, deb yozadi Reuters. Ukraina TIV mamlakat blok a’zoligiga “hech qanday muqobil yoki o‘rnini bosuvchi” a’zolikni qabul qilmasligini bildirdi va Budapesht memorandumining “achchiq tajribasi"ni eslatdi.


dayjest

Gruziya prezidentining parlament saylovlari natijalarini bekor qilish haqidagi da’vosi rad etildi

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi prezident va muxolifatning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini ko‘plab qoidabuzarliklar tufayli bekor qilishni talab qilgan da’volarini rad etdi. Qaror to‘qqiz sudyaning yetti nafari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Mamlakatda namoyishlar davom etmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!