“Toshkent” xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) munosabati bilan samolyotlarni qabul qilishda cheklovlar joriy etildi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Bir nechta reys Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi:

  • Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Silk Avia aviakompaniyasi — US402;
  • Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airports aviakompaniyasi — HY778;
  • Surgut-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha UTair aviakompaniyasi — UTA-709;
  • Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Centrum Air aviakompaniyasi — MFX-352.

Uzbekistan Airports`ning Grozniy — Toshkent yo‘nalishidagi HY9702 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.