Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonga yashil master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam ko‘rsatish uchun 9 mln yevro grant ajratadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatiManba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida tegishli kelishuv 3-dekabrkuni boshlangan “O‘zbekistonda „yashil“ va iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan hudud va shaharlarni barpo etish” mavzusidagi O‘zbekiston hududiy rivojlanish forumi doirasida imzolangan.

Avvalroq O‘zbekiston Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)dan “yashil” sanoatlashtirishda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida yana 3 mln yevro miqdorida grant olishi ma’lum bo‘lgandi. 2023-yilda jamiyat O‘zbekistonda “yashil” sanoatlashtirish bo‘yicha xususiy sektor salohiyatini oshirish hamda iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatlashuv loyihasini amalga oshirish uchun ham qiymati 9 mln yevrolik grant mablag‘ ajratgan.