“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” 3-dekabrdan Toshkent va Xo‘jakentni bog‘lash uchun yana bir tezyurar elektropoyezd qo‘yilishini ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, “tez, qulay hamda zamonaviy jihozlarga ega” elektropoyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 7201-sonli — Toshkent-06:18 — Xo‘jakent-07:42
- 7202-sonli — Xo‘jakent-08:02 — Toshkent-09:17
- 7203-sonli — Toshkent-12:53 — Xo‘jakent-14:03
- 7204-sonli — Xo‘jakent-14:33 — Toshkent-15:48
- 7205-sonli — Toshkent-18:10 — Xo‘jakent-19:20
- 7206-sonli — Xo‘jakent-19:45 — Toshkent-21:03
Toshkent bo‘linmasining yagona hudud chipta narxi 20 000 so‘m, bolalar uchun esa 11 500 so‘m etib belgilandi.
Odatdagi jadval asosida qatnab kelayotgan elektropoyezdlarning qatnov vaqtlari o‘z o‘rnida qoladi va jadval asosida qatnovlarini davom ettiradi.