Navoiy shahrida Yandex Go taksi xizmati ish boshladi. Bu xizmatdan foydalanish mumkin bo‘lgan O‘zbekistondagi 16-shahar, deb xabar berdi Yandex Uzbekistan axborot xizmati.

Safarning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, “Vosxod” bozoridan Yangi Hayot supermarketiga borish taxminan 4500 so‘mga tushadi. Safar uchun naqd pul yoki ilovaga ulangan karta bilan to‘lov qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, xizmat Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva, Guliston va Jizzaxda ham faoliyat yuritmoqda.