Toshkent viloyati hokimining qarori bilan Xurshid Qoraboyev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xurshid Qoraboyev 1987-yil Parkent tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.

Mehnat faoliyati davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligida mas’ul rahbarlik lavozimlarida, shuningdek, Vazirlar mahkamasida shu’ba mudiri lavozimida ishlagan.

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Savdo-sanoat palatasi Qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikka ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.