Qirg‘iziston hukumati mahalliy sement ishlab chiqaruvchilari bilan birgalikda ushbu qurilish materiali importini demping qilish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda, deb xabar berdi iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Nazarbek Malayev parlamentning yoqilg‘i-energetika majmui, yer qa’ridan foydalanish va sanoat siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida, deb yozmoqda Tazabek.
“Hozir sement masalasi turibdi. Sement ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan birgalikda demping masalasini ko‘tarish bo‘yicha barcha ishlar olib borilmoqda. U yerda oxirgi uch yildagi import hisobga olinadi, hozir import sement narxlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazyapmiz”, — dedi vazir o‘rinbosari.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston yanvar-sentabr oylarida sement importini 2,3 barobarga oshirib, 401 ming tonnaga yetkazgan. Asosiy yetkazib beruvchilar Qozog‘iston — 14,3 million dollarlik 269,7 ming tonna, shuningdek, O‘zbekiston — 9,2 million dollarlik 124 ming tonna.
O‘zbek sementini yetkazib berish 123 barobarga oshdi (o‘tgan yilning shu davrida qariyb 1000 tonna sement eksport qilingan).
Sentabr oyi oxirida Qirg‘iziston parlamenti deputati mahalliy mahsulotlardan arzon bo‘lgan O‘zbekiston sementi importiga taqiqni olib tashlashga chaqirgandi. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar narxlar dempingiga yo‘l qo‘yganini aytgan va import mahalliy zavodlarni vayron qilishini ta’kidlagan.
“Gazeta.uz” avvalroq O‘zbekistondagi sement zavodlari haqida katta material e’lon qilgan. Joriy yildan boshlab mamlakatda sement ishlab chiqaruvchilar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq miqdori 2 baravarga pasaytirish o‘rniga 4 baravarga kamaytirildi. Qaror iqtisodiy rag‘bat deb ataldi, ammo bu imtiyozning ekologiya va odamlar sog‘lig‘iga ta’siri keng muhokama qilinmadi. Ushbu imtiyoz hisobiga joriy yilda ularning ixtiyorida 250 mlrd so‘m qoldi.
1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 37 ta sement zavodi ishlab turgan bo‘lib, ularning loyihaviy quvvati yiliga 32,7 million tonnani tashkil etadi, garchi mamlakatda talab 2 baravar kam — 16,5 million tonna. 1,7 million tonna talab import hisobiga qoplandi, ya’ni sement zavodlari o‘z quvvatlarining 50 foizidan kam hajmda ishlamoqda.