Noyabr oyida Markaziy bank belgilagan bir AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 0,71% yoki 90,71 so‘mga — 12 774,34 dan 12 865,05 so‘mga oshdi. Bu “Gazeta.uz” o‘rgangan MB ma’lumotlaridan kelib chiqadi.

Taqqoslash uchun: 2023-yil noyabrida AQSh valyutasi kursi 0,64% (+78,65 so‘m) o‘sgan edi.

Agar oktabr oxirida banklar dollarni 12 715−12 760 so‘m oralig‘ida sotib olib, aholiga 12 780−12 835 so‘mdan sotgan bo‘lsa, noyabr oxirida xarid kursi 12 790−12 840 so‘mni, sotish kursi esa 12 870−12 925 so‘mni tashkil qildi.

dollar, dollar kursi, markaziy bank, so‘m

O‘tgan oyda Toshkent valyuta birjasidagi savdolar hajmi oktabrga nisbatan 13,2% — 3,55 milliardan 3,08 milliard dollargacha kamaydi.

Avgustda milliy valyuta 0,67% (+83,97 so‘m) devalvatsiyaga uchradi, sentabrda — +0,71% (90 so‘m), oktabrda — 0,46% (59 so‘m). Shu bilan birga, iyulda so‘m dollarga nisbatan 0,11% (-14,12 so‘m), iyunda esa 0,51% (-64,67 so‘m) mustahkamlandi.

11 oy yakunida so‘m atigi 4,26% — 12338,77 dan 12865,05 so‘mga (+435,57 so‘m) qadrsizlandi. Taqqoslash uchun: 2023-yilning shu davrida devalvatsiya 9,5% ni (+1072,42 so‘m) tashkil qilgan edi.

Avvalroq iqtisodchi Mirkomil Xolboyev O‘zbekiston milliy valyutasi qadrsizlanishi sabablarini tahlil qilgan edi.