Yuqori raqobat, mijozlar ehtiyojiga moslashish va tez sur’atda kechayotgan turmush tarzi – bularning barchasi biznes egalarining xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirishi hamda davom ettirishida katta bosim yuklaydi. Albatta, mazkur jarayonda haqiqiy va ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.
Wolt esa mana shu vaziyatda maydonga keladi hamda o‘z hamkorlarini qo‘llab-quvvatlab, muvaffaqiyatga erishishi yo‘lida kuch beradi. Uning ko‘magi cheklangan resurslarga ega bo‘lgan va mustaqil ravishda yetkazib berish xizmatiga katta sarmoya kirita olmaydigan kichik korxonalar uchun, ayniqsa, foydali bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish mumkin bo‘lgan jihat – kompaniya uchun yangi bozor hisoblangan O‘zbekistonda tadbirkorlar allaqachon Wolt bilan hamkorlik qilishning afzalliklarini amaliyotda ko‘rmoqda.
Wolt tadbirkorlar uchun qanchalik foydali?
Shu vaqtga qadar yetkazib berish xizmatidan foydalanmagan tadbirkorlarning Wolt ilovasiga qo‘shilishi, avvalo, mijozlar o‘rtasida ularning mahsulotlari haqidagi xabardorlikni yana bir karra oshirmoqda. Wolt hamkorlari uchun ilovada o‘zlariga ma’qul joyni topish yoki aniq qidiruvlar asosida yangiliklarini izlash kabi jarayonlarni osonlashtirishga doimiy intiladi, bu orqali esa hech bir tadbirkor shunchaki soyada, ya’ni xaridorlar ko‘zi tushmaydigan joyda qolib ketmaydi.
Yana bir muhim tomoni, Wolt platformasiga qo‘shilish jarayonini hech qanday xarajat va ko‘p vaqt sarflamasdan oson amalga oshirish imkoni mavjud. Tadbirkorlik egalari o‘zlarining asosiy mahsulotlarini Wolt’da uch oylik sinov muddati davomida hech qanday yo‘qotishlar xavfisiz ro‘yxatga qo‘yishlari mumkin. Shuningdek, kompaniya tomonidan taqdim etiladigan muntazam reklama aksiyalari va maxsus takliflar ularga ajralib turish hamda xarid amaliyotini oshirish imkonini beradi.
Wolt ilovasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu Wolt's Merchants Insight bo‘lib, u tadbirkorlarning o‘z savdolari tahliliga oid ma’lumotlar bilan oson tanishishini ta’minlaydi. Jumladan, ular kunlik, haftalik yoki oylik hisobotlar orqali kechayotgan savdo tendensiyalarini kuzatishlari mumkin. Bu esa ularga o‘zlarining eng ko‘p sotiladigan mahsulotlari, o‘rtacha buyurtma qiymati, olingan buyurtmalar soni va mijozlar reytinglariga oid sharhlarni bilish imkonini yaratadi. Chunki ilovaning interfeysi menyu va mahsulot takliflarini oson boshqarishga qaratilgan.
Wolt ilovasi nafaqat xaridor, do‘kon yoki restoran o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo platformasi, balki biznes vositasi hamdir. Xaridorlar buyurtmalarini real vaqt rejimida qabul qilish va afzallik jihatlarini belgilash, jumladan, eng tirband bo‘ladigan vaqtlarda buyurtmalarni olishni nazorat qilish va bu haqida ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatlariga ega. Wolt ilovasi bo‘yicha ishlaydigan jamoa esa ularning har bir murojaatiga tezda javob berishga tayyor.
«Yetkazib berish xizmatlarida tajribaga ega bo‘lmagan restoran sifatida bu, albatta, biz uchun g‘ayrioddiy jarayon, chunki biz buyurtmalarning yangi onlayn manbasini boshqarishga ko‘nikishimizga biroz vaqt kerak bo‘ldi. Lekin, aytib o‘tishim kerak, Wolt ilovasida profilimizni o‘rnatish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmadi. Ayni paytda turli xil reklama vositalaridan foydalanib, savdoni oshirishga alohida e’tibor qaratishni rejalashtiryapmiz. Ilovada ko‘proq ko‘rinish orqali savdoni kengaytira olishimizga umid qilamiz. Wolt platformasiga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik borasida ikkilanayotgan har qanday biznes egalariga undan foydalanishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki bunda ular hech narsa yo‘qotmaydi. Aksincha, tajriba va rivojlanish imkoniyatlariga ega bo‘ladi», – dedi The plov restorani vakili Muhiddin Islomov.
Wolt’dan tadbirkorlarga muhim eslatmalar
Wolt o‘z hamkorlariga beradigan eng muhim maslahatlaridan biri — tovar va mahsulotlarning sifatli fotosuratlarini joylashtirish. Agar tadbirkorning bunga imkoni bo‘lmasa, Wolt mahsulotlarning vizual portfelini yaratish uchun professional fotografni yuborishga tayyor. Bu korxonalarning yetkazib berish xizmatlarini o‘rganish imkoniyatidan foydalanishdagi birinchi foydali turtkidir.
Tasviriy ko‘rinishga ega bo‘lishdan tashqari, Wolt barcha hamkorlariga ilovaga qo‘shilishdan oldin o‘z menyusi yoki mahsulot to‘plamini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi, bu orqali ma’lumotlarning ahamiyatliligi, muddatlari to‘g‘riligi hamda boshqa muhim parametrlarga mos kelishini tekshirib ko‘rish ta’minlanadi. Bundan tashqari, resurslarni taklif va ishchi kuchi nuqtayi nazaridan baholash tavsiya etiladi, ya’ni tadbirkor talabni qondira olishga imkoniyati borligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Kompaniyaning yana bir muhim eslatmasi bu – platformada mavjud reklama vositalaridan, shuningdek, ko‘rsatkichlar va tushunchalardan maksimal darajada foydalanish. Ushbu jarayon hamkor tadbirkorlarga izlovchilarning «oldidan chiqish», ya’ni muntazam ko‘rinib turish imkoniyatini saqlab qolish, o‘zlarining ish faoliyati samaradorligini o‘lchash va ehtiyoj bo‘lganda holatni osongina o‘zgartirish imkoniyatini ham beradi.
«Biz O‘zbekistondagi mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishdan juda xursandmiz. Shu vaqtga qadar ular juda ochiqligi va yangi yetkazib berish platformasiga qo‘shilishga bo‘lgan katta ishtiyoqlarini namoyish etdi. Yetkazib berish xizmati haqida hech qachon o‘ylamagan tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish yanada ahamiyatli, sababi bu ularning imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashimiz va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishimizga bo‘lgan ishonchlarini ifodalaydi», – dedi Wolt’ning Toshkentdagi ofisi vakili Stefanos Papaevangelou.
Shu o‘rinda, Wolt’ning muvaffaqiyat «retsepti» bu uning sheriklarining umumiy muvaffaqiyati jamlanmasidan iborat va bunda hamkor tadbirkorlar asosiy tarkibiy qismni tashkil etadi. Kompaniya mahalliy savdoning barcha a’zolarini o‘z jamiyatida birgalikda o‘sishi hamda insonlar hayotini yaxshilashi uchun umumiy maqsad yo‘lida birlashtirishga doimo alohida e’tibor qaratib keladi.
OAV uchun aloqa raqami: (+998) 90-038-17-66.
Cayt: wolt.com
Instagram: @wolt.uzbekistan
Reklama huquqlari asosida.