Markaziy Osiyoning yirik kompaniyasi Artel Electronics va Turkiyaning sovitkich texnologiyalari sohasida toplardan biri Klimasan Klima Sanayi ve Ticaret strategik kelishuv imzoladi. 

Hamkorlik doirasida uchta zamonaviy tijorat sovitkichlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, bu Artel kompaniyasining B2B bozorida rivojlanishida yangi sahifani ochadi.

Yangi modellar va ularning afzalliklari

Artel va Klimasan hamkorligi natijasida uchta yangi S 225 Slim, Cool 600 va Cool 700 sovitkich modellari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Mahsulotlar xalqaro standartlarga javob beradi va MDH davlatlariga eksport qilinib, mahalliy bozor ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

artel, reklama

Loyiha Artel kompaniyasining bozor toplari bilan hamkorligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu qadam Artel’ni B2B bozorida kuchli o‘yinchi sifatida mustahkamlab, o‘zining xalqaro nufuzini oshirishga yordam beradi.

Yangi modellar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, bardoshli metall korpus, ekologik toza dizayn, yangilangan termostat va eshik ochilganda ortga qaytarish funksiyasi kabi innovatsion imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu mahsulotlar nafaqat ishonchlilik va uzoq muddat foydalanishni, shuningdek, energiya sarfini kamaytiradigan energiya tejamkor texnologiyalar orqali ekologik barqarorlikni ta’minlaydi. 

artel, reklama

Bundan tashqari, Artel o‘z mijozlarining qulayligi uchun doimo qayg‘uradi, shu bois O‘zbekiston bo‘ylab servis markazlari xizmat ko‘rsatadi. Kompaniyaning bosh maqsadlaridan biri mijozlar bilan aloqa uzmaslik, ularning xizmatiga doim kamarbasta bo‘lishdir.

artel, reklama

Artel va Klimasan: muvaffaqiyat kaliti

Artel va Klimasan o‘rtasidagi hamkorlik tijorat sovitkichlarini ishlab chiqarish va logistika sohasida yangi standartlarni belgilaydi. Kelishuvning asosiy yo‘nalishlari: 

  • mintaqaviy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash — Mahalliy bozor ehtiyojlarini qondirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish;
  • texnologiyalarni birlashtirish — Klimasan’ning tajribasini Artel ishlab chiqarish bazasi bilan uyg‘unlashtirish;
  • sifat va innovatsiyalar ustuvorligida.

Yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Artel’ning sifat va texnologiyalarni takomillashtirishga bo‘lgan qat’iyatini yana bir bor namoyon etadi. Bu nafaqat ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat, balki xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikning oshishiga bo‘lgan ishonchli qadamdir.

Reklama huquqlari asosida.