Siyosat

dayjest

Prezident: Tinch atom — hozirgi sharoitda muhim muqobil yechim

Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi sharoitda atom energiyasini tinchlik maqsadlarida foydalanish hayot sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishda muhim muqobil yechim hisoblanadi, deya ta’kidladi.


dayjest

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi

Prezident farmoni bilan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari qaytadan belgilandi. Hujjat bilan respublika komissiyasining yangilangan tarkibi va hududiy komissiyalarning namunaviy tarkiblari ham tasdiqlandi.


dayjest

Odil Temirov yana “O‘zkimyosanoat” rahbari etib tayinlandi

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Odil Temirov “O‘zkimyosanoat” AJ rahbari etib tayinlandi.


Iqtisodiyot

dayjest

Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar

O‘zbekiston deputatlari 3 o‘qishda vazirlik va idoralarning 2024-yildagi xarajatlarini 9,98 trln so‘m yoki 775,8 mln dollarga oshirishni ma’qulladi. Ular hujjatni muhokama qilmadi, savollar va qarshi ovoz bermadi. Jarayon atigi 9 daqiqa davom etdi. Hech kim xarajatlarni oshirish zarurligini asoslab bermadi.


dayjest

Bitkoin kursi ilk marta 100 ming dollardan oshdi

Binance birjasida bitkoin kursi 100 ming dollardan ko‘tarildi. Ekspertlar kriptovalyutalarga himoya aktivi sifatida qiziqish ortganini qayd etdi. Bitkoin kursi Tramp g‘alabasidan beri sezilarli ko‘tarilib bormoqda.


dayjest

BYD elektromobillari detallarini mahalliylashtirish hisobiga tannarxni pasaytirish rejalashtirilmoqda

Prezidentga avtomobil sanoatining 2025-yilgi rejalari taqdim qilindi. Unda BYD avtomobillarining 60 ta detalini mahalliylashtirish hisobiga elektromobil tannarxini pasaytirish mumkinligi qayd etildi.


Jamiyat

dayjest

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?

Dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun prezident farmoni va Mehnat kodeksiga muvofiq 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.


dayjest

Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi

5-dekabr, payshanba kuni tongda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hududda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.


dayjest

Talabalar va texnikum, litsey o‘quvchilari 25-dekabrdan 7-yanvargacha dam oladi

OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.


dayjest

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib bordi.


dayjest

Deputatlar tashqi qarzlar limitini oshirishni ma’qulladi, hukumat yana xarajatlar chegarasidan chiqib ketdi

O‘zbekiston hukumati yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmadi, shuning uchun Qonunchilik palatasi tashqi qarz limitini ko‘tardi. Yil boshida qonun bilan davlat kafolati ostida 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb qilish taqiqlangan bo‘lsa, endi bu chegara 7,3 mlrd dollargacha oshirildi.


dayjest

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati “Ozodlik, tenglik, birodarlik” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonning “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati Fransiya “Ozodlik, tenglik, birodarlik” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot 10-dekabr kuni Fransiya bosh vaziri tomonidan jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.


dayjest

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Rubob yasash va chalish san’ati O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlari taklifi bilan YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.


Jahon

dayjest

“Biz o‘zimizni KXShTdan tashqarida deb hisoblaymiz” — Armaniston bosh vaziri

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat o‘zini Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan tashqarida deb hisoblashi va bu masalada ortga qaytmas nuqta bosib o‘tilganini ta’kidladi. Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolar fonida Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatgan va uni moliyalashtirishni to‘xtatgan.


dayjest

Janubiy Koreyada prezidentga nisbatan tergov boshlandi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol, sobiq mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziri harbiy holat e’lon qilganlikda ayblanmoqda, politsiya surishtiruv boshladi. Avvalroq muxolifat va faollar huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgandi.


dayjest

Ukraina “tinchlikka tayyorligini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda” — WSJ

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Donald Tramp jamoasi vakillari bilan uchrashdi. “Ukraina tinchlikka tayyorligini ma’lum qilmoqchi, ammo bu uzoq muddatli va barqaror tinchlik bo‘lishi kerak”, — deb yozmoqda WSJ.


dayjest

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri ilk bor hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri birinchi marta hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi. Shu tariqa, bosh vazir Mishel Barne hukumati tashkil etilganidan uch oy o‘tib quladi. Votumga Barnening kelasi yil byudjetini parlament bilan kelishmasdan tasdiqlash qarori sabab bo‘ldi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!