Termiz xalqaro aeroportida davom etayotgan noqulay ob-havo sharoiti va qalin tuman sababli faqatgina 5-dekabr kuni ikkita reys bekor qilindi, deb xabar berdi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
Bular — Toshkent — Termiz yo‘nalishidagi HY069 hamda Termiz — Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi HY9711 reyslari. Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Silk Avia’ning US-753 reysi ham bekor qilingan.
Aviakompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, ko‘rish imkoniyatining yomonligi va tuman sababli rejalashtirilgan reyslarni bajarishning iloji yo‘q. Ushbu sharoit ertaga ham davom etishi mumkin.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz”, — deyiladi xabarda.