2024-yilning dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.
Bu kunlar quyidagicha:
- 9-dekabr (dushanba): Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, dam olish kuni Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
- 30-dekabr (dushanba): prezident farmoniga ko‘ra, 14-dekabr (shanba) dam olish kuni 30-dekabrga ko‘chirildi. Shuning uchun 14-dekabr ish kuni hisoblanadi.
- 31-dekabr (seshanba): Yangi yil munosabati bilan 31-dekabr qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Shu tariqa, 9, 30 va 31-dekabr kunlari o‘zbekistonliklar uchun ish kunlari bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, 7, 21, 28-dekabr — shanba kunlari haftada 5 kun ishlovchilar uchun, 1, 8, 15, 22, 29-dekabr kunlari esa barcha uchun oddiy dam olish kunlari hisoblanadi.
28−29-dekabr kuni boshlangan dam olish kunlari, katta ehtimol bilan, yanvar oyining dastlabki kunlari ham davom etadi. Bu 2025-yilgi qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash haqidagi prezident farmonidan so‘ng yana ham aniq bo‘ladi.