Samarqand viloyati Ishtixon tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Tashkilot hududiy boshqarmasi, DXX, IIB va viloyat prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda bino yerto‘lasida umumiy ulangan quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasi elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 28 milliard 896 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.